So’nggi yangiliklar

16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  0 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  5 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  1 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0 12:39"Реал" Рюдигер билан музокара ўтказади  0 12:00TVCOM'да бугунги ўйинлар: А Серияда топ баҳс, “Реал” ва бошқалар  1 11:31"Челси" Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 11:05"Насаф" футболчиси "Қўқон-1912" жамоасининг тўлақонли аъзосига айланди  5 10:43Sofascore. Алиқулов кечаги учрашувда энг паст баҳони олди  3 10:20Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Нефтчи" билан шартномани узайтирди  2 09:52Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда  47 09:18"Насаф" "Қўқон-1912" футболчисини сотиб олди  0 08:44Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги ажойиб ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:18Самвел Бабаянга Андижон вилояти ҳокими томонидан минимум вазифаси қўйилди  12 07:43Салoҳ "Ливерпул"ни қишда тарк этадими?  6

"Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" O'zbekiston chempionligi uchun oxirgi turgacha kurashadi" - Andrey Fyodorov Yangiliklar

"Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" O'zbekiston chempionligi uchun oxirgi turgacha kurashadi" - Andrey Fyodorov

O'zbekistonlik taniqli sobiq futbolchi va murabbiy, "Neftchi", "Lokomotiv" jamoalarida to'p tepgan Andrey Fyodorov ayni paytda yurtimizda bo'lib turibdi.

Mutaxassis U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Gonkong uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatdi. Biz esa fursatdan foydalanib Andrey Vitalevichning o'yindan olgan taassurotlari, futbolchilarimizning Rossiya klublaridagi o'yinlari va O'zbekiston chempionati haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 

- Albatta O'zbekiston ko'rsatgan o'yin yoqdi. Lekin raqibning darajasini ham unutmaslik kerak. Gonkong faqat 15 daqiqa qarshilik ko'rsata oldi. Gol urib olganimizdan so'ng futbolchilar xotirjam o'z o'yinlarini ko'rsatishga o'tishdi. CHunki oldinda Eron bilan muhim o'yin kutib turibdi. Menga esa futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabati yoqdi. Raqib engil, deb xotirjamlikka berilib ketishmadi. Har bir vaziyatni golga aylantirishdi. 

- O'zbekiston chempionati uchrashuvlarini to'liq ko'rmayotgan bo'lsamda, ijtimoiy tarmoqlarda vaziyatlardan yaratilgan videolarni kuzatib bormoqdaman. CHempionlik uchun 3-4 jamoa kurashadi. Bular "Paxtakor", "Navbahor", "Neftchi". Bitta jamoani ko'rsatish qiyin. Oxirgi tur oldidan ochkolar farqi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada barchaga omad tilayman. O'ylaymanki, kurash oxirgi turgacha davom etadi. 

- O'zbekistonlik futbolchilar rus klublariga o'tmoqda. Odatda ko'plab murabbiylar o'zbekistonlik futbolchilar haqida so'raydi. Mendan so'raganlarga shunchaki ko'rmasdan turib futbolchilarning sifatlari haqida gapira olmayman. SHu bois mana stadiondan o'zim kuzatishga qaror qildim. Ayrim futbolchilar etiborimni tortdi. Ularning salohiyatiga kelsak, barchasi o'zlariga bog'liq. Deylik, Abbos Fayzullaev va Umarali Rahmonalievda ajoyib sifatlar bor. Fayzullaev atletik taraflama juda engil futbolchi. CSKA safidagi o'yinlarini ko'rdim, jismoniy kuch taraflama o'zining eng yaxshi jihatlarini ko'rsata olishga qiynaldi. Lekin ikkisining ham salohiyati yuqori. 

-"Lokomotiv"da yaxshi damlarni o'tkazgandik. Ularning joyi Superligada. Aminmanki, bu yil Pro ligada vazifani bajarib elitaga qaytadi. Klubga bu yo'lda omad tilayman.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика