"Paxtakor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
29 avg 2016 11:16
Yangiliklar
"Paxtakor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda
Ayni kunlarda "Paxtakor" ikkinchi davraning qolgan o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
25 avgustdan yana mashg'ulotlarga start berildi. Futbolchilar yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida shug'ullanishmoqda. 6 nafar futbolchi terma jamoaga jalb etilgan. Qolgan o'yinchilar esa "Metallurg" bilan 9 sentyabr kuni o'tadigan 21-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishda davom etishyapti.
Asosan yoshlardan iborat jamoa shanba kuni "Mashal"ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar