"Paxtakor" kecha BAA yig'inini boshladi
17 jan 2020 10:59
Yangiliklar
"Paxtakor" kecha BAA yig'inini boshladi
"Paxtakor" 16 yanvar kuni BAAning Abu Dabi amirligida xorij yig'inini boshlab yubordi.
Dastlab Toshkentdan Dubayga parvoz qilgan "SHerlar" so'ng Abu Dabi amirligiga avtobusda etib borishdi. U erda "Marriott" mehmonxonasiga joylashgan jamoa shu kunning o'zida mashg'ulot o'tkazdi.
Bir soatdan ortiq vaqt mobaynida futbolchilar dastlab jismoniy mashqlar bilan qizishib olgach, keyin to'p bilan ishlashga o'tishdi. Kecha ikki mahal mashg'ulot o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, yig'in davomida uchta nazorat bellashuvi o'tkazish mo'ljallangan. 20 yanvar kuni Rossiyaning "Rostov", 25 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalari bilan o'yinlar o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar