"Paxtakor": Kaxi Maxaradzeni tabriklaymiz!
20 okt 2014 12:24
Yangiliklar


"Paxtakor": Kaxi Maxaradzeni tabriklaymiz!
Bugun jamoamizning gruziyalik yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze 27 yoshga to'ladi.
Kaxi 4 yildan beri "Paxtakor" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirgacha u jamoa uchun 100dan ortiq uchrashuvlarda ishtirok etdi va bir qator muhim gollar muallifiga aylangan. O'zbekiston chempionati va Kubogida bir martadan g'alaba qozondi. Tug'ilgan kunini nishonlayotgan Kaxiga "Paxtakor" bilan oldinda ko'plab muvaffaqiyatlarga ega chiqishni tilaymiz. Mavsumdagi qolgan muhim o'yinlarda u g'alabalarimizga munosib hissa qo'shadi deb umid qilamiz. SHaxsiy hayotida sog'liq, baxt va omad yor bo'lishini tilaymiz. Tug'ilgan kun muborak bo'lsin, Kaxi!

Fikrlar