So’nggi yangiliklar

13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  1 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5

"Paxtakor": Yillik vazifalar belgilandi, Nuraliev akademiya direktori Yangiliklar

"Paxtakor": Yillik vazifalar belgilandi, Nuraliev akademiya direktori

Kecha “Paxtakor” stadioni majlislar zalida “Paxtakor” futbol klubining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda klub menejeri Samvel Babayan turli holatlar yuzasidan o'tgan mavsumdagi holatlar va 2014 yilda har bir bo'limning oldiga qo'yilgan vazifalar haqida to'xtaldi.

Klub qoshida faoliyat ko'rsatayotgan 16-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabiga SHuhrat Rahmonqulov direktor etib tayinlangan. Ushbu maktab yil mobaynida futbol guruhlariga qabul qilinayotgan bolalarni tanlab olishda faolroq ishlashi zarurligi takidlandi. Murabbiylar malakasini oshirish uchun “Paxtakor” akademiyasi murabbiylari o'tkazadigan ochiq mashg'ulotlarga kelish lozimligi to'g'risida Samvel Vyacheslavovich alohida so'zlab o'tdi.

“Paxtakor” akademiyasida Dilshod Nuraliev direktorlik vazifasiga kirishadi. Unga Valeriy Borodavkin yordam beradi. Nuralievning katta tajribasi murabbiylarga asqotishi inobatga olinib, u ochiq mashg'ulotlarda har bir mutaxassisning yutuq va kamchiliklarini belgilab boradi. Payshanba kuni ertalab 1998 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar ochiq mashg'ulotda qatnashishdi. Akademiyadagi guruhlar asosiy jamoa o'yin uslubiga mos o'yin ko'rsatishlari yana bir bor belgilab qo'yildi. SHunda ularning yoshlar va asosiy jamoaga kirishib ketish jarayoni ancha tezlashadi.

Akademiya qoshida ish boshlagan tibbiy guruh zamonaviy uskunalar bilan taminlangan. Bu erda tarbiyalanuvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazib, ularning salomatligi haqida barcha holatlar qayd etib boriladi. Bu yosh futbolchilarning to'g'ri o'sishiga yanada ko'proq yordam berishi turgan gap. Murabbiylardan tibbiy guruh bilan masuliyatni his qilgan holda ishlash talab qilinadi.

Birinchi ligada qatnashadigan jamoaga Dilshod Nuraliev ustozlik qiladi. Unga Jasur Abduraimov yordam beradi. Har ikki murabbiy akademiyada o'z guruhlari bilan muvaffaqiyatli natijalarni qayd etishgan. Endi buni katta futbolda davom ettirishga urinib ko'rishadi.

Yoshlar ligasida qatnashadigan jamoaga Ilhom Mo'minjonov boshchilik qiladi, unga Vladimir Andreev yordamchi bo'ladi. Bu jamoani tez orada Italiyada bo'lib o'tadigan “Koppa Karnevale” turnirida yurtimiz sharafini himoya qilish vazifasi kutib turibdi. Yoshlar jamoasi asosiy tarkibga munosib futbolchilarni tarbiyalab berish bilan birga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish qilishi lozim.

Asosiy tarkib murabbiylar shtabida Samvel Babayanga No'mon Hasanov, Grigoriy Kolosovskiy, Andrey SHipilov, Anvar Rashidov yordam berishadi. Ular qatoriga chernogoriyalik murabbiy Drajen Dukich ham qo'shiladi. Kecha u klub azolariga tanishtirildi. Dukich 2012 yil jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgandi. Uning ishi yaxshi taassurot qoldirgani sababli yana murabbiylar shtabiga jalb etildi.

Yig'ilishda klub tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har bir bo'limdan vazifalarni yaxshi va to'liq bajarish lozimligi haqida klub menejeri takidladi. Endi yil davomida har bir jamoa, akademiya guruhlari va bo'limlar o'z vazifalarini ado etishga harakat qilishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика