"Paxtakor": Yil bayram tadbiri bilan yakun topdi
29 dek 2013 09:28
Yangiliklar

"Paxtakor": Yil bayram tadbiri bilan yakun topdi
SHanba kuni "Araks" restoranida "Paxtakor" klubining yangi yil bayramiga bag'ishlangan tadbiri bo'lib o'tdi.
Dastlab so'zga chiqqan klub vice-prezidenti Samvel Babayan quyidagilarni takidlab o'tdi:
- 2013 yil biz biror sovringa ega chiqmadik. Lekin aynan shu yil bizni yanada birlashtirdi. Biz qiyin holatdan birgalikda chiqib keta olishimizni isbotladik. Birinchi davrada asosiy tarkib futbolchilari etishmasligi sababli muhim 9 ochkoni qo'ldan boy berdik. Yakunda o'sha o'yinlar bizga qimmatga tushdi. Ikkinchi davrani yosh o'yinchilar juda muvaffaqiyatli o'tkazishdi. Bu esa ertangi kunga katta ishonch bilan qarashga imkoniyat beradi. Jamoa olib borgan to'g'ri ish tufayli bugungi kunda asosiy tarkibning aksariyat qismini klub tarbiyalanuvchilari tashkil etishmoqda. Nasib qilsa, 2014 yilda biz ushbu futbolchilar bilan chempionat va kubokda muvaffaqiyatli ishtirok etamiz. SHu o'rinda mehmon bo'lib o'tirgan faxriylarga rahmat aytaman. Siz klub tarixini yozgansiz, hozirgi futbolchilarga o'rnak bo'lgansiz. Barchangizga kelasi yil omad, baxt va salomatlik tilab qolaman.
SHundan so'ng uzoq yillar klubda faoliyat yuritgan SHuhrat Jalilov, O'FF "Faxriylar kengashi" raisi Narimon Jalolov klub rahbariyati olib borayotgan ishlar hamda jamoa haqida iliq fikrlarni bildirib o'tishdi. Keyin yoshlar ligasida ikkinchi o'rinni egallagan jamoamizga O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev hamda Narimon Jalolov kumush medallarni taqdim etishdi.
Muxlislar ham tadbirda faollik ko'rsatishdi. Ishqibozlar orasida o'tkazilgan so'rov yakunlariga ko'ra, eng yaxshi futbolchi va eng chiroyli gol muallifi deb yarim himoyachi Kaxi Maxaradze topildi. Gruziyalik futbolchiga muxlislar klubi tomonidan tayyorlangan sovg'a topshirildi.
Bayram tadbiri davomida barchada ko'tarinki kayfiyat kuzatildi. Bu kelasi mavsumda jamoaga g'oliblik ruhiyatiga qaytishga yordam berib, bir yildan keyin qo'lga kiritilgan sovrinlarni ham nishonlash nasib etadi degan umiddamiz.

Fikrlar