So’nggi yangiliklar

07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  0 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  3 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  26 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  3 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  3 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  1 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  2 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  9 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  1 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0

"Paxtakor" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

"Paxtakor" irodali g'alabaga erishdi

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "SHo'rtan" uchrashuvi yakunlandi.

Paxtakor (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor) 2:1

Gol: C.Andreev 25, J.Sohibov 47 -I.Taran 4

16 aprel 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), R. Nugmanov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
UzPFL vakili: F. Magametov.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Aleksandr Merzlyakov, Egor Krimec (s), Adnan Oraxovac, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Javohir Sohibov, Vladimir Kozak, Stanislav Andreev (Bahodir Pardaev 85), SHerzod Karimov (Jaloliddin Masharipov 70), Igor Sergeev
Zaxira: Nikita Ribkin, Iskandar SHoyqulov, Anvar Soliev, Ibrohim Abdullaev, Igor Rogovanov

"SHo'rtan": Temur Jo'raev, Jamol Otaqulov, Darko Stanoevich, Laziz Ubaydullaev, Eldor Boymatov, Umar Eshmurodov, Viktor Karpenko (s), Samandar SHodmonov (Murod Rajabov 58), Igor Taran, Zafar Polvonov (Viktor Klishin 53), Suxrob Berdiev (G'ulomHaydar Gulyamov 68)
Zaxira: Roman Abdulov, Asror Aliqulov, , Husniddin G'ofurov, Elyor Intizomov.

Ogohlantirishlar: Temur Jo'raev 81, Krimec 90+.




                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH




Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. Gulyamovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "SHo'rtan" hisobni tenglashtirish uchun so'nggi imkoniyat. Krimecga sariq kartochka ko'rsatildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Otaqulov! G'uzorliklarning hujumini Otaqulov yakunlashga urindi, Lobanov to'pni qaytardi.

85. O'zgarish. Andreev o'rniga Pardaev.

81. Temur Jo'raevga sariq kartochka ko'rsatildi.

79. Eshmurodov uzoq masofadan "sherlar" darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi. Zarba biroz noaniq.

76. Klishin o'ziga etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozabon ustidan tashlashga harakat qildi. Noaniq va biroz oldin o'yindan tashqari holat ekan.

74. Masharivop raqibdan to'pni olib qo'yib, jarima maydoniga yaqinlashayotgan Kozakka etkazib berdi. Kozakning zarbasini Jo'raev qaytardi.

70. O'zgarish. Karimov o'rniga Masharipov.

68. O'zgarish. Berdiev o'rniga Gulyamov.

63. Ayni damda bo'layotgan ikki uchrashuvda hisob bir hil.

56. Sergeev qizishib ketdi. U Stanoevich bilan to'p uchun kurashda o'zini tutib tura olmadi. Kartochka yo'q.

55. Ikkala jamoa ochiq o'yin ko'rsatishni boshladi. Ketma-ket qarshi hujumlardan hozircha foyda bo'layotgani yo'q.

52. ANDREEV! Stas darvozaga zarba berdi, ammo to'p darvozaning to'riga yon tarafidan tegdi.

51. Sergeev jarima maydoni ichida darvozaga teskari turib to'pni qabul qildi va chap oyog'iga to'g'irlab zarba berdi. Ammo Temur Jo'raev yana bir bor juda yaxshi o'yin ko'rsatdi.

49. Zarbaaa, avvaliga Oraxovacning bosh bilan bergan zarbasini darvoza ustuni qaytardi, keyin Sergeev tepgan to'pni Temur Jo'raev darvoza chizig'i ustidan qaytarib yubordi.

47. Golllllllll, Javohir Sohibov, 2:1.


Birinchi bo'lim yakunlandi. "SHo'rtan" o'zining tezkor goli bilan barchani hayratda qoldirdi. G'uzor futbolchisining qo'liga to'p tegishi natijasida "sherlar" muvozanatni tikladi. Endi barchasiga ikkinchi bo'lim oydinlik kiritadi.

45+1. SHerzod Karimov darvozaga zarba berayotib raqib futbolchisiga shikast etkazdi, ammo xushtak chalingani yo'q.

44. Birinchi bo'lim deyarli teng kurashlar ostida o'tdi.

40. Burchak to'pi buyicha hisob 3-4. "SHo'rtan" oldinda.

37. SEREEV! SHerzod Karimovning o'ng qanotdan etkazib bergan to'piga Sergeev zarba berdi. Bir necha santimetr noaniq.

31. SHerzod Karimovning burchakdan etkazib bergan to'piga Adnan boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

29. Zafar Polvonovning 11 metrlik nuqtadan boshi bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

28. "SHo'rtan" futbolchisining uzoqdan bergan zarbasini Lobanov qaytarib qoldi.

25. GOOOOLLL! Stanislav Andreev hisobni tenglashtirdi.

24. PENALTI! "SHo'rtan" futbolchisi qo'l bilan o'ynagan ko'rinadi.

23. SHERZOOODDDD!!! SHerzod Karimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi, qaytgan zarbani Kozak zarba berdi. Darvozabon qutqarib qoldi.

21. Temur Jo'raev o'z jarima maydonchasi ichida hozircha juda ishonchli harakat qilmoqda.

19. Karpenko o'ng qanotda o'ziga oshirilgan to'pni gavdasi bilan to'g'irlab, chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. Biroz kuchli va noaniq.

16. G'uzorliklarning navbatdagi hujumi xavfli ko'rinish oldi. Jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pga hech kim ulgurmadi va orqaroqda turgshan "sherlar" himoyachisi to'pni chiqarib yubordi. Amalga oshirilgan burchak to'pidan naf chiqmadi.

14. Stanislav Andreev o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashlab bermoqchi bo'ldi, ammo uning to'p uzatishi juda kuchli chiqdi.

12. KARPENKO! Viktorning uzatib bermoqchi bo'lgan to'pini "Paxtakor" himoyachisi qaytarib qoldi.

8. Oraxovac maydonga qaytdi.

6. SHerzod Karimov standartdan etkazib bergan to'p uchun kurashda Oraxovac va Temur Jo'raev to'qnashib ketdi. Adnan jiddiy jarohat olganga o'xshaydi.

4. GOOOOLLLLL!!!!! "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga keldi va bundan Igor Taran bu imkoniyatdan foydalanib qoldi.

2. "Paxtakor" oliy liganing 5-turidan oldin O'zbekiston chempionati turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turgan edi va "sherlar"ning zaxirasida "Qo'qon-1912"ga qarshi bir o'yin bor.


1. Uchrashuv boshlandi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика