So’nggi yangiliklar

08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3

"Paxtakor": Ilmiy uslubiy guruh faoliyati haqida Yangiliklar

"Paxtakor": Ilmiy uslubiy guruh faoliyati haqida

“Paxtakor” jamoasida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy uslubiy guruhning ham jamoa g'alabalariga qo'shgan hissasi katta.
Ushbu guruhda murabbiy va bo'lim boshlig'i Grigoriy Kolosovskiy va xodim Farhod Abduqodirov ishlab kelmoqda. Har ikki mutaxassis bo'lim faoliyati to'g'risida savollarga javob qaytardi.

Guruh qanday ishlarni bajaradi?

Ilmiy uslubiy guruh jamoamizda bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bunday guruhlar hozirda mamlakatimizda sanoqli klublardagina mavjud. Jamoamizga Samvel Vyacheslavovich menejer etib tayyorlangandan so'ng guruhimiz ish jarayoni tubdan o'zgardi, ishimizga bo'lgan talab kuchaydi, sharoitlarimiz esa yaxshilandi. U nafaqat ishimizga bo'lgan talabni oshirdi, balki hayotda kuchli inson bo'lish va doimo olg'a intilishni o'rgatdi.

Yil boshida zamonaviy talablariga javob beradigan “Polar” brendi ishlab chiqargan moslama xarid qilindi. U mashg'ulotlar davomida futbolchilarga berilayotgan yuklamani nazorat qilishga imkon beradi. Endi mashg'ulot paytida har bir futbolchining yurak faoliyati va sog'lig'i, jismoniy holatini nazorat qilish uchun to'liq imkoniyat paydo bo'ldi. Misol uchun, biror futbolchi katta yuklamali mashg'ulotga tayyor emas bo'lsa, buni biz ushbu moslamalarimiz orqali aniqlab, jamoa shifokori bilan tahlil qilib, jamoa menejeriga taqdim qilamiz. Bunday malumotlar futbolchilarimizning mashg'ulot vaqtida zo'riqishi va kutilmagan jarohatlar olishini malum miqdorda oldini oladi.

Keyingi yildan esa futbolchilar tanasidagi yog' va mushak miqdorini, jismoniy quvvatini o'lchab aniqlovchi maxsus moslamalar sotib olishni rejaga kiritganmiz. Zamonaviy futbolda, ayniqsa, Evropaning kuchli klublarida o'yinchilar o'z sport formasi va vaznini nazorat qilish uchun shunday tekshiruvlarni davomiy tarzda olib borishadi. Afsuski, bizning ko'plab klublarda futbolchi organizmiga bunday yondashuvlar tadbiq qilinmagan.

Raqiblarni o'rganish haqida

Raqiblarni bevosita ularning o'yinlari payti stadionning o'zida kuzatamiz va jamoaviy texnik-taktik harakatlari, umuman raqib jamoaning barcha xislatlarini, xar bir futbolchining kuchli va kuchsiz tomonlarini murabbiylarga taqdim etamiz.

Mashg'ulot jarayonlari qanday o'tdi?

Umuman olganda menejerimiz shunday shaxski, u xech qachon o'rganishdan va zamonaviy ko'nikmalarni o'zlashtirishdan charchamaydi. 2014 yil boshidan mashg'ulot jarayoni va futbolchilarga bo'lgan talab tubdan o'zgardi. Ilmiy uslubiy guruh boshlig'i Grigoriy Kolosovskiy Turkiya mamlakatidagi ilk yig'indanoq Rossiya va Evropaning nomdor klublari bilan aloqalar o'rnatib, mashg'ulot jarayonlari va uslublarni o'rganib, boshqalar bilan tajriba almashishga jiddiy bel bog'ladi. Umuman olganda, mashg'ulotlarimiz juda qiziqarli, malum reja va tartib asosida o'ta boshladi. Buning uchun butun jamoa bir yoqadan bosh chiqarib tinmay ishladi. Buning natijasi qanday bo'lganiga muxlislarimiz mavsum oxirida guvoh bo'lishdi. Hali faoliyatimizni yanada takomillashtirishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика