"Paxtakor" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi
13 jan 2021 16:36
Yangiliklar


"Paxtakor" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash arafasida turibdi.
"SHerlar" o'yinchilari 3 haftalik tatildan keyin bugun "Jar" stadionida yig'ilishdi va tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchilarning jismoniy holatini bilish maqsadida o'tkaziladigan odatiy tekshiruvlardan tashqari COVID-19 infekciyasini aniqlash bo'yicha test ham topshirildi. Mashg'ulotlar esa bugungi tekshiruvlar natijalaridan kelib chiqib, ertaga "Jar" stadionida boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" yig'inni 21 yanvarga qadar "Jar"da o'tkazadi. SHundan keyin jamoa BAAning Dubay shahriga uchib ketadi.
"Paxtakor" Dubayda yig'in o'tkazadi: bo'lajak raqiblar orasida "Zenit" va "Spartak"...
O’xshash yangiliklar

Fikrlar