So’nggi yangiliklar

15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  0 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22

OCHL-2019. CHiroyli gollar urilgan kechada "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqdi Yangiliklar

OCHL-2019. CHiroyli gollar urilgan kechada "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqdi

OCHL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+2. O'yin tugadi 2:1. "Paxtakor" keyingi bosqichda!

90+2. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Hamdamovning chap qanotdan uzatgan to'pini Odil Hamrobekov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi

87. GOOOL! NAVBATDAGI SHEDEVR! Bu safar mehmonlar hujumchisi Hammadi Ahmad akrobatik tarzda gol urdi - 2:1

84. Jarima to'pini Marat Bikmaev qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi, to'p darvoza ustuniga tegib darvozadan joy oldi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAT BIKMAAEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEV! 2:0

83. Ogohlantirish. "Eyr Fors". Ibrohim Baesh

78. Bugungi bahsni stadiondan 15572 tomoshabin kuzatayotgani elon qilindi.

77. O'ng qanotdan Xojiakbar Alijonov uzatgan to'pni Masharipov akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi! Super gol! 

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DAHSHATLIIIIIIIIIIIIIIIIII GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. JALOLIDDIN MASHARIPOV!



75. ZARBA! Dragan CHeran chap oyoqda darvozaning uzoq yuqori burchagiga zarba berdi, noaniq ketdi!

74. O'zgarish. "Eyr Fors". Zaher Medani o'rniga Ahmad Kadhim tushdi

72. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Masharipov! Jarima maydoni ichida bir o'zi zarba berdi, noaniq! Bemalol to'xtatib darvozaning istalgan burchagiga to'pni yo'llash mumkin edi. 

71. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Farrux Sayfiev darvozaga yo'llash o'rniga to'xtatishga urindi. Yana bir imkoniyat boy berildi

65. Hozircha "Paxtakor"ga omad kelmayapti. Hujumlar ko'p, zarbalar bor, ammo gol yo'q



62. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! MARAT BIKMAEV! Yaqin masofadan boshi bilan zarba berdi, noaniq!

62. O'zgarish. "Eyr Fors". Solomon Uilyams o'rniga Ali Yusuf tushdi

61. O'zgarish. "Paxtakor". Jasur Yaxshiboev o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

59. "Paxtakor" ketma ket ikki marta burchak to'pi tepdi, samara bo'lmadi

58. Xavfli vaziyat! Bikmaev o'ng qanotdan hujumga o'tdi va CHeranga uzatdi, himoyachi xavfni bartaraf etdi

57. O'zgarish. "Eyr Fors". Muhammad Qosim o'rniga Hammadi Ahmad tushdi

56. "Paxtakor" shu paytgacha ikkita gol urishi mumkin edi. Ammo hamon hisob 0:0. Bundan mezbonlar asabiylashishmoqda

51. Taymni maydon egalari hujumlar bilan boshlashdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+24. Nihoyat, Juda uzoq davom etgan birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha 0:0

45+20. Bu orada Olmaliqdagi o'yin boshlandi. Afsuski 2-daqiqadayoq "Istiqlol" hisobni ochdi. MATNLI TRANSLYACIYA

45+18. Ogohlantirish. "Paxtakor". Odil Hamrobekov

45+14. ZARBA! CHeranning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi noaniq ketdi

45+11. QANDAY QILIIIIIIIIIIIB? Bikmaev va Yaxshiboevning zarbalaridan keyin himoyachilar to'pni ikki marta darvoza chizig'idan qaytarishdi

45+10. ZARBAAAAA! Saad Notiqning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi

45+6. XAVFLI VAZIYAT! Yaxshiboev juda qulay vaziyatdan boshi bilan to'pni darvozabonning o'ziga yo'lladi.

45. Ana bo'lmasa. Birinchi taymga 24 daqiqa qo'shib berildi. Rekordmikin?



39. Jarima to'pi. ZARBA!!! Bikmaevning boshi bilan bergan zarbasini raqib posboni maydon tashqarisiga urib yubordi!

39. Nihoyat! Barchasi ortda qoldi. O'yin davom etadi. 



- Hamon suv to'xtamayapti. Stadionga kelgan muxlislar bu holatni xushtakbozlik qilishmoqda

14. "Paxtakor" stadioni chimini sug'orish moslamasidan biri o'chmagan ekan. Maydonga suv chiqayotgani uchun o'yin to'xtadi

12. Xavfli vaziyatga o'xshash vaziyat! "Paxtakor" chap qanotdan hujum qildi, Sayfievning havolatib uzatgan to'piga Yaxshiboev eta olmadi.

10. Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasi ortda qoldi. Ochig'ini aytish kerak hozirga qadar o'yinda etiborga molik hech qanday vaziyat ro'y bergani yo'q. Faqatgina uchrashuv boshlanishi arafasida stadionga minglab muxlislar kirib kelishganini aytish mumkin.

6. Dastlabki daqiqalarda jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda. Hozircha hech bir tomon xavfli hujum tashkil etgani yo'q.

1.O'YIN BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum "Paxtakor" Markaziy stadionidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi. Hozircha stadionga 3 minga yaqin tomoshabin kelgan.

- Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi. 


Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 76', Marat Bikmaev - 84'

AFC Champions League Qualification . 1/2-tur

12/02/2019, 14:00

1
:
2
Tugadi

Al Quwa Al Jawiya

Hammadi Ahmad - 87'

45'
90'
76'  Jaloliddin Masharipov
84'  Marat Bikmaev
87'  Hammadi Ahmad


"Paxtakor" - "Eyr Fors" 2:1
Hakamlar
: Kim Xi Gon, Pak San Jun, Pak Kyun Yon, Kim Vu Sun (Janubiy Koreya).
Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Adnan (Iordaniya).
Komissar: CHuan CHin Fan (Xitoy Taypeyi).

Gollar: Jaloliddin Masharipov 77, - 1:0. Marat Bikmaev 84, - 2:0. Hammadi Ahmad 87, - 2:1.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec (S), SHerzod Azamov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullaev, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran, Jasurbek Yaxshiboev (Dostonbek Hamdamov, 61), Marat Bikmaev
Zaxira: Umid Hamroev, Bobur Asqarov, Dilshod Rahmatullaev, Igor Sergeev, Bahrom Abdurahimov, Vladimir Kozak

"Eyr Fors": Muhammad Kassid, Suad Notiq (S), Ahmad Abdulridxa, Samih Said, Zaher Medani (Ahmad Kadhim, 74), Muhammad Qosim (Hammadi Ahmad, 57), Muhammad Ali, Muayad Ajaan, Emad Mohsin, Solomon Uilyams (Ali Yusuf, 62), Ibrohim Baesh.
Zaxira: Amjed Rahim, Ali Bahjat, Hussayn Mohsin, Mustafo Muhammad,

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov 45+18, Ibrohim Baesh 83.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика