"Paxtakor" - "Eyr Fors". Ikkala jamoa safida uch nafardan yo'qotish bor
11 fev 2019 18:00
Yangiliklar


"Paxtakor" - "Eyr Fors". Ikkala jamoa safida uch nafardan yo'qotish bor
Bu o'yindan oldin har ikkala jamoa safida uch nafardan futbolchi jarohat olgani malum bo'ldi.
"Murabbiyni birinchi navbatda jarohatlar bezovta qiladi. Bu doim og'riqli savol bo'lib kelgan. Ayni paytda o'yindan oldin Akrom Komilov, Sardor Sobirxo'jaev va Marko Simich jarohatlandi", - dedi "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze o'yindan oldingi matbuot anjumanida.
Marko Simichning oyog'iga gips qo'yilgan va ancha muddatga safdan chiqqan. Sobirxo'jaev va Komilov esa bugun yakka tartibda mashg'ulot olib borishdi.
"Yarim himoyachilar Ali Husni, Karrar Nabil va darvozabon Amjad Rahim jarohat olishgan va ertangi bahsda bizga yordam bera olishmaydi", - dedi "Eyr Fors" bosh murabbiyi o'yinoldi matbuot anjumani chog'ida.
Malumot uchun, Ali Husni yaqinda BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Iroq milliy terma jamoasi safida o'ynadi. Amjad Rahim esa jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi 12 fevral kuni soat 15:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Pakhtakor Tashkent Jaloliddin Masharipov - 76', Marat Bikmaev - 84' |
AFC Champions League Qualification . 1/2-tur 12/02/2019, 15:00 1
:
2
Tugadi
|
Al Quwa Al Jawiya Hammadi Ahmad - 87' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar