So’nggi yangiliklar

08:48Мармушниннг «Манчестер Сити»даги ойлиги маълум  0 08:14Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Женоа»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:43Фарруҳ Зокиров: «Яратган вазиятларимизни голга айлантира олмадик»  0 02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  11 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  2 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  15 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  3 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  8 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5

“Paxtakor” - “Bunyodkor” o'yini qoldirilishi mumkin, agar… Yangiliklar

“Paxtakor” - “Bunyodkor” o'yini qoldirilishi mumkin, agar…

22 iyun kuni oliy liganing 13-turidan o'rin olgan bahsda “Paxtakor” o'z uyida “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib borishi yillik taqvimda belgilab qo'yilgan.
Ammo bu o'yin qoldirilishi mumkin. Bunga sabab sifatida “Paxtakor”dan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga beshtadan ziyod futbolchi chaqirilishini ko'rsata olamiz.

Malumki, SHuhrat Maqsudov boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 21 va 23 iyun kunlari Xitoyda mezbonlar olimpiya termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu o'yinlarga murabbiy 23 nafar futbolchi olib ketishni mo'ljallab turibdi. Lekin hozircha Xitoyga boradigan tarkib elon qilingani yo'q.

Etibor berib qarasak, “Paxtakor”dan 9 nafar futbolchi olimpiyachilarimizga nomzod ekan. Bular - Akmal Tursunboev, Muhsin Ubaydullaev, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Abbos Maxsitaliev, Igor Sergeev, Abdulaziz Yusupov va Timur Hakimov. Bular 1993 va 1994 yilda tug'ilgan futbolchilar.

PFL tomonidan chiqarilgan reglamentga ko'ra, milliy terma jamoaga uch va undan ziyod, olimpiya terma jamoasiga esa besh va undan ziyod futbolchini yuborgan klub o'z o'yinini boshqa sanaga ko'chirish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHundan kelib chiqib, agar Maqsudov “Paxtakor”dan beshta futbolchini oladigan bo'lsa, “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan kechadigan bahsni boshqa kunga ko'chirishni so'rab PFLga murojaat qilishi mumkin. Agar klub xohlasa, albatta.  

Lekin ikkinchi tomondan bu uchrashuv birinchi davraning oxirgi bahsi hisoblanadi va klub ham, o'yinchilar ham tezroq o'yinni o'tkazib, tanaffusga chiqishni xohlashadi. Lekin bunday holatda SHuhrat Maqsudovning “Paxtakor”dan Iskanderov, Kozak, Sergeev, Hakimov, Masharipov kabi nisbatan ko'proq o'yin amaliyotiga ega futbolchilarni chaqirmasligi lozim bo'ladi. Lekin ikkinchi tarafdan Xitoyga olimpiyachilarimiz shunchaki borishmaydi, balki ikkita nazorat bahsida maydonga tushib qaytishadi. Agar Maqsudov jamoa oldiga futbolchilarni shunchaki ko'rikdan o'tkazish emas, balki g'alaba qozonish vazifasini ham qo'yadigan bo'lsa, unda kuchli tarkibni olib ketishga to'g'ri keladi. SHunday ekan, qani ko'ramiz, voqealar qanday tus olarkin.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика