"Paxtakor": Birinchi liga jamoasi "Olmaliq" yoshlarini engdi
27 jan 2014 12:37
Yangiliklar


"Paxtakor": Birinchi liga jamoasi "Olmaliq" yoshlarini engdi
Mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan birinchi liga jamoasi nazorat bahsida "Olmaliq" yoshlarini mag'lub etdi.
Dilshod Nuraliev qo'l ostida birinchi ligada ishtirok etadigan jamoa bir qator yoshlarni sinab ko'rishda davom etmoqda. SHu tariqa 2014 yil bu jamoa safida maydonga tushadigan futbolchilar saralab olinyapti. Yakshanba kuni "CHilonzor" stadionida "Olmaliq" o'rinbosarlariga qarshi kechgan bellashuvda Ramziddin To'xtanazarov tomonidan kiritilgan yagona to'p Nuraliev shogirdlariga g'alaba keltirdi. 1995, 1996 va 1997 yillarda tavallud topgan o'yinchilardan iborat jamoa navbatdagi uchrashuvlarni 30 yanvar kuni Qarag'andaning "SHaxtyor" va 2 fevral kuni "Andijon" klublari bilan o'tkazadi. SHundan keyin poytaxtimizda bo'lib o'tadigan PFL Kubogida qatnashadi.

Fikrlar