"Paxtakor" BAAda: 7-kun
22 fev 2018 07:41
Yangiliklar
"Paxtakor" BAAda: 7-kun
Bir kun oldin "Al-Hamriya"ga qarshi bellashuvda 90 daqiqa o'ynagan futbolchilar sport zalida Laslo Yambor bilan mashg'ulot o'tkazishdi. Ular tiklanishga qaratilgan mashqlarni bajarishdi. Qolgan o'yinchilar va darvozabonlar esa maydonda shug'ullanishdi. Odatdagidek engil mashqlar bilan qizishib olgach, futbolchilar turli taktik ko'rsatmalar ustida ishlashdi. Kichik hududda to'pni bir-biriga aniq etkazib berish, bosim uyushtirish, tezkor hujum tashkil etish va uni zarba bilan yakunlash singari jihatlarda mehnat qilindi. Mashg'ulot yakunida futbolchilar uzoq masofalarga to'p oshirish borasida mahoratini sayqallashtirdi.
Engil jarohati sababli bir necha kun alohida shug'ullangan Marko Simich umumiy guruhga qaytdi.
"Paxtakor" BAAdagi uchinchi nazorat o'yinini 23 fevral kuni Ummonning "SHabab" jamoasiga qarshi Al-Aynda o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar