"Paxtakor" BAAda: 4-kun
19 fev 2018 08:31
Yangiliklar
"Paxtakor" BAAda: 4-kun
"Al-Dafra"ga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushgan futbolchilar tiklanish mashqlarini sport zalida bajarishdi. Ular 45 daqiqacha mashg'ulot o'tkazishdi. Qolgan o'yinchilar esa bosh murabbiy SHota Arveladze qo'l ostida shug'ullanishdi. Dastlab qizishib olish uchun engish mashqlarni bajargan futbolchilar keyin ikki taktik jihat ustida ishlashdi. Har ikki mashq to'pni nazorat qilish va tezkor bosim o'tkazishga asoslandi.
O'rtada qisqa vaqt yugurishgach, to'pni qanotdan jarima maydoniga etkazib berish hamda darvozani ishg'ol qilishga mo'ljallangan mashqqa navbat keldi. Bungacha alohida shug'ullangan darvozabonlar ushbu jarayonda qolgan o'yinchilarga qo'shilishdi. Mashg'ulot jarima maydoni tashqarisida zarbalar berish bilan yakuniga etdi.
"Paxtakor" ikkinchi nazorat uchrashuvini 20 fevral, seshanba kuni BAA birinchi ligasi ishtirokchisi "Al-Hamriya" jamoasiga qarshi o'tkazadi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar