

“Sherlar” musobaqaning 1-turini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi Toshkentda o'tkazishadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi uchrashuvda xizmat qiluvchi hakamlar guruhini e'lon qildi. Unga ko'ra, bahsni Jeyms Kristofer Bit boshchiligidagi Avstraliyadan bo'lgan hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Osiyo Chempionlar ligasi-2016
24 fevral, chorshanba
Toshkent. “Paxtakor” stadioni.
“PAXTAKOR” (O'zbekiston) - “AL HILOL” (Saudiya Arabistoni)
Referi: Jeyms Kristofer Bit (Avstraliya)
Referi assistenti 1: Metyu Jeyms Krim (Avstraliya)
Referi assistenti 2: Piter Sertangolo (Avstraliya)
To'rtinchi hakam: Umar Muborak Al Yoqubi (Ummon)
Uchrashuv komissari: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)



