So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

"Paxtakor-79" va "SHapekoense"... Yangiliklar

"Paxtakor-79" va "SHapekoense"...

“SHapekoense” klubi haqida bugun hammamiz bilamiz.

Kolumbiyaga ketar chog'ida halokatga uchragan va jamoaning 95 foiz azosini yo'qotgan klub 7 avgust kuni “Kamp Nou” stadionida saf tortib turgandi.

Halok bo'lgan futbolchilarning ko'pchiligiga “Kamp Nou”ga borish baxti nasib qilmagan bo'lishi katta ehtimol. Biroq ularning hurmatini bajo keltirish uchun “Barselona” o'z shahriga aynan “SHapekoense” azolarini chorladi. Janubiy Amerikaning bir qator klublari yordam qo'lini cho'zib, “SHapekoense” safini o'z futbolchilari bilan to'ldirib bergani haqida eshitgansiz. Dushanba oqshomida aynan o'shalar Kataloniya klubining yulduzli tarkibi bilan elkama-elka saf tortib turgandi.

Jahonning istalgan klubi “Barselona” bilan o'ynashni o'zi uchun sharaf deb biladi. Kataloniya jamoasi o'zining asoschisi hisoblangan Joan Gamperni xotirlab 1966 yildan buyon har yili turnir o'tkazib keladi. Unda hozirgacha turli darajadagi klublar ishtirok etdi. Nufuz va obro' borasida qayg'urishi shart bo'lmagan “Barselona” faqatgina yirik nomlarga yopishib olmagan. “SHapekoense” taklif qilinganidan ham buni bilish mumkin.

Mana shularni xayolga keltirib turib, “Paxtakor-79” voqeasini esladim. CHunki bizning fojea “SHapekoense” qismati bilan o'xshash, balki ayanchliroqdir ham. Braziliya klubining bir qator futbolchilari omon qoldi, shonli “Paxtakor”dan esa hech kim.



Bugun biror-bir yangilik butun dunyoda keng muhokama qilinishi uchun daqiqalar kifoya. Oddiy misol, halokatiga qadar o'zim ham “SHapekoense” degan klub borligi haqida tasavvurga ega emasdim. Biroq halokat haqida 30 ga yaqin xabar yozdim, fotogalereyalar taqdim etdik. O'sha vaqtda butun dunyo shu ish bilan mashg'ul bo'lib ketgandi. Va “Barselona” ham oradan 9 oy o'tib tashkil qilinadigan Gamper Kubogining keyingi mehmonini o'zi uchun aniqlab ulgurgandi. Yillar orasidagi farqni aytmasa, o'z vaqtida “Paxtakor” futbolchilari ham Gamper Kubogida ishtirok etishi mumkin edi-ku, deb o'ylab qoldim.

Bizning fojeaga bugun 38 yil to'ldi. Biz endi “Barselona” yoki qandaydir grand klubdan taklif kutadigan holatda emasmiz. Ammo o'zimiz chiroyli bir xotira turnirimizni tashkil qilish imkoniyatiga egamiz. “Paxtakor”da rahbariyat almashdi. Qandaydir ikki oy ichida o'zgarishalr ko'rdik, muxlislarda umid paydo bo'ldi, “Paxtakor” stadionida katta rekonstrukciya boshlanmoqda, xullas, hech kim befarq emas bularga. Keyingi yildan boshlab mana shu rahbariyat “Paxtakor-79” xotira turniriga ham hurmat bilan etiborda bo'lishiga ishongim keladi.

To'g'ri, yosh bolalar, o'smirlar o'rtasida turnirlar tashkil etiladi. 5-6 nuroniy yig'ilib, “Paxtakor” haqida 10-15 o'smirga xotiralarini so'zlab beradi. Vaholanki, “Paxtakor”ning qurbi bundan ko'prog'iga etishiga ishonaman. Agar ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa, biz ham o'zimizning Gamper Kubogimizga ega bo'lishimiz mumkin.

Aytaylik, Braziliyaning “SHapekoense” klubi kelasi mavsum Toshkentga taklif etilishi mumkinmi? SHota Arveladzeni ishga solib, Gollandiyaning “Ayaks” klubini olib kelish-chi? 11 avgust Evropa milliy chempionatlarning ko'pi start olmagan bo'ladi. Ishonamanki, “Paxtakor”ning hurmati 35 minglik stadion bemalol to'ladi. Evropa ligasining finalida o'ynaydigan klub tashrifi ko'pchilikni befarq qoldirmasa kerak. Vaqti kelib, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” kabi og'ir damlarni o'tkazgan jamoalar bilan ham aloqaga chiqish imkoniyatimiz bo'lar, bilmadim. Hammasi tashkilotchilikka bog'liq.

“Paxtakor-79” fonida biz faqatgina bir jamoaning emas, butun bir mamlakat futbolining qayg'uli o'tmishini ko'ramiz. Uni yoritishda internet nashrlar, gazeta va radio, TV faol bo'ladi, bunga shubha yo'q. Eslang, “Paxtakor” o'yinlarini ko'rish uchun viloyatlardan keladigan, o'sha 79-yildan keyin esa qadami stadiondan uzilib qolgan akalarimiz hali-hamon etarlicha topiladi. Stadion ishqibozlar bilan to'lib toshganida “Paxtakor”ning marhum 17 o'g'loni katta ekranda birma-bir eslab o'tilishi, yuqorida aytilgani kabi 5-6 nuroniyning hikoyalaridan birmunchachiroyliroq, tasirliroq. “Paxtakor” halok bo'lganidan keyingi birinchi o'yinda diktor futbolchilar nomini o'qib turib yig'lab yuborgani, unga qo'shilib 60 ming erkak ko'z yosh to'kkani tillarda doston-ku. Nega endi bugunning hushovoz diktorlari o'sha nomlarni yosh avlodga qayta tanishtira olmaydi? “Paxtakor”ning o'sha tarkibini baralla o'qib, millionlar muxlislar yoqimtoyiga aylanib qolgan ovoz egasi hamon o'zimiz bilan, nega ular tirikligida foydalanib qolaymiz-u, keyinroq qo'l uchida turnirchalar o'tkazamiz? Evropaning har qanday klubi yosh futbolchilariga motivaciya berish uchun shonli o'tmish kuchidan foydalanadi. “Milan”ga Maldinilar haqida Montella so'zlaydi, “Real” yulduzlarini Zidandan-da yaxshiroq bilishmaydi. Futbolchilar qanday klub libosini kiyayotgani, qanday klub sharafini himoya qilayotganini tushunishi kerak, jumladan, “Paxtakor” ham. 79-yilgi tarkibni yaqindan bilgan va ular bilan doim birga yurganlar tobora kam qolayotgani haqida o'ylab ko'raylik. Keyin bo'ladigan ehtimoliy uzilish sabab biz u jamoani shunchaki his qilmay qo'yishimiz mumkin.


Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика