"Paxtakor-2003" xotira turniri g'olibi
20 may 2015 15:57
Yangiliklar


"Paxtakor-2003" xotira turniri g'olibi
11-15 may kunlari Toshkentda Sergey Docenko va Vyacheslav Bektashev xotirasiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi.
2003 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tgan turnirda akademiyamizdan "Paxtakor-2003" (murabbiyi Dmitriy An) va "Paxtakor-2004" (murabbiyi Olim SHokirov) jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqada 12 jamoa qatnashdi. Tarbiyalanuvchilarimiz finalgacha etib kelishdi va final akademiyamiz jamoalari to'qnashuviga aylandi. Unda 2:0 hisobida g'alaba qozongan Dmitriy An shogirdlari musobaqa g'olibiga aylanishdi.

Fikrlar