"Paxtakor": 1999 yil tarbiyalanuvchilari ochiq mashg'ulot o'tkazishdi
22 jan 2014 13:41
Yangiliklar

"Paxtakor": 1999 yil tarbiyalanuvchilari ochiq mashg'ulot o'tkazishdi
"Paxtakor" akademiyasining 1999 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari ochiq mashg'ulotda ishtirok etishdi.
Artur Kagirov boshchilik qilayotgan guruhning "CHilonzor" stadionida o'tgan mashg'ulotiga akademiya hamda BO'SM-16da faoliyat olib borayotgan murabbiylar tashrif buyurishdi. Bunday mashg'ulotlarni tashkil etish fikri klub menejeri Samvel Babayan tomonidan ilgari surilib, o'tgan hafta 1998 yil tarbiyalanuvchilari ishtirokida o'tkazilgandi.
Bo'lib o'tgan ochiq mashg'ulotda klub menejeri Samvel Babayan qatnashdi. U har bir mashg'ulot jarayonida murabbiyning yutuq va kamchiliklari takidlagan holda murabbiylarga nimalar ustida ko'proq ishlash zarurligi, qaysi jihatlarga etibor qaratish kerakligini aytib o'tdi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan asosiy maqsad murabbiylarning hamfikr bo'lib ishlashi, bilimini oshirib borishi va barcha guruh tarbiyalanuvchilarining asosiy jamoa futbol falsafasiga asoslangan o'yin namoyish qilishidir.

Fikrlar