Pavel Solomin Malayziyadan qaytib keldi
02 jan 2014 17:30
Yangiliklar

Pavel Solomin Malayziyadan qaytib keldi
Solomin uchun oxirgi yillar juda ham zo'r o'tdi deyish qiyin.
CHunki o'z vaqtida to'purarlik mahoratini namoyish etib, ko'pchilikni oliqishiga sazovor bo'lgan Pashaning faoliyatida negadir pasayish kuzatildi. 33 yoshli hujumchining 2012 yilgi mavsumni birinchi ligada o'tkazgani, 2013 yilda esa G'uzorning "SHo'rtan" klubi bilan birga oliy ligani tark etgani ham so'zimizga isbot bo'la oladi.
O'z omadini xorijda sinab ko'rish uchun yaqinda Malayziyaga jo'nab ketgan Solomin kuni kecha yurtimizga qaytib kelgan. Ishonchli manbaalarning xabariga ko'ra, Pavel u erda o'ziga yangi jamoa topa olmagan va ortga qaytishga majbur bo'lgan. Tajribali hujumchining "SHo'rtan" bilan tuzgan shartnomasi ham tugagan. SHu bois u keyingi faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

Fikrlar