Pavel Bugalo – 40 yoshda!
21 avg 2014 17:56
Yangiliklar
Pavel Bugalo – 40 yoshda!
“Bunyodkor”ning eng tajribali futbolchisi Pavel Bugalo bugun 40 yoshga to'ldi.
Sir emaski, bunday yoshda yashil maydonda harakat qilish futbolchilar uchun og'ir hisoblanadi. Lekin Pavel Bugalo faoliyatini bir tekisda o'tkazib, hozirgi yoshida ham ko'pchilikka o'rnak bo'lib kelayotgan kam sonli sportchilardan biri.
Futbolchilik faoliyatini 1991 yili “CHirchiq” jamoasida boshlagan posbon oradan 23 yil vaqt o'tgan bo'lsa-da, hali hamon mamlakatimizning etakchi darvozabonlaridan biri bo'lib, O'zbekistonning eng sovrindor jamoalaridan bo'lgan “Bunyodkor” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bundan keyin ham yangidan-yangi darvozabonlarni etishib chiqishida Bugaloning boy tajribasi asqotishiga shubha yo'q. O'ylaymizki, Pavel Bugaloning keyingi faoliyati ham yorqin davom etadi.
Bugun 40 yoshini qarshi olgan Pavel Bugaloni “Bunyodkor” FK raxbariyati, murabbiylari, futbolchilari va barcha xodimlari qizg'in muborakbod etadi. Unga oilaviy tinch-totuvlik, sog'lik, baxt-saodat tilaymiz.

championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar