Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi
19 mar 2019 18:02
Yangiliklar


Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi
Boliviya va Kolumbiya bilan kechadigan o'yinlar Janubiy Koreya uchun Osiyo Kubogi musobaqasidan so'ng dastlabki o'rtoqlik uchrashuvlari bo'ladi. Mazkur ikki uchrashuv uchun jamoa bosh murabbiyi Paulu Bentu 27 nafar futbolchini jalb qildi.
Taklif etilgan futbolchilar orasida Ki Sung Yong hamda Ku Ja CHol kabi yulduzlar yo'q, chunki ular Osiyo Kubogidan so'ng terma jamoa bilan xayrlashishdi. Portugaliyalik murabbiy bundan keyin etiborni yoshlarga qaratishni lozim topdi.
"Futbolchining qobiliyati uning yoshidan muhim, - deydi murabbiy. - Baribir qachondir futbolchilar terma jamoadagi faoliyatni yakunlaydi va o'rnini yoshlarga bo'shatib beradi. Hozir biz bilan ham shu jarayon davom etmoqda. O'ylaymanki, yoshlar tez orada o'zlarini ko'rsata olishadi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar