So’nggi yangiliklar

Paulino: “Trebl”ga erishmoqchiman” Yangiliklar

Paulino: “Trebl”ga erishmoqchiman”

Teglar :  PaulinoBarselona
“Barselona”ning braziliyalik futbolchisi Paulino yakuniga etayotgan yilni sarhisob qilib, yangi yildan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

“O'tib borayotgan yil men uchun ajoyib o'tdi. Faoliyatimda ham, shaxsiy hayotimda ham. “Barselona”ga o'tishim, farzandlarim Xose Pedro va Sofiyaning dunyoga kelishi, jarohatlardan holi bo'lib, bir yarim yildan buyon tanaffussiz to'p tepishim... bularning barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman.

2018 yildan nima istayman? “Trebl”ga erishishni! Bilaman, birdaniga uchta turnirda g'olib chiqish oson ish emas, ammo kamida ikkita sovrinni qo'lga kiritish niyatidaman”, deydi Paulino.

Eslatib o'tamiz, Paulino o'tgan yozda kataloniyaliklar safini to'ldirgan edi. Futbolchining transferi 40  million evroni tashkil etgan, bu summaning 7 millionini Paulinoning o'zi to'lagan edi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика