Paulino mashg'ulotda Neymarga jarohat etkazdi
04 okt 2017 11:55
Yangiliklar
Paulino mashg'ulotda Neymarga jarohat etkazdi
2 oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi JCH-2018 saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun mashg'ulot o'tkazdi.
Mashg'ulotda milliy jamoaga chaqirilgan deyarli barcha futbolchilar ishtirok etishdi.
Malum bo'lishicha, ushbu jarayonda 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan Neymar kichik jarohat olgan. Bu shikastlanish sababchisi - Paulino. U hujumchidan to'pni olish uchun "podkat" tashladi va jamoadoshiga jarohat etkazdi.
Suratlarda Neymar shikastlangan barmog'i bilan ovora ekanligi ko'rinib qolgan.
Fikrlar