“Parma”ning sovrinlari kim oshdi savdosiga qo'yildi
14 avg 2015 08:10
Yangiliklar

“Parma”ning sovrinlari kim oshdi savdosiga qo'yildi
Moliyaviy muammolar sabab bankrot deya elon qilingan Italiyaning “Parma” klubi mukofotlari, jamoa videotekasi kim oshdi savdosi orqali sotuvga qo'yildi.
Jamoa mamurlari shu yo'l bilan klub qarzlarining malum bir qismini to'lashni maqsad qilishgan.
“Parma” mamurlari Anjelo Anedda va Alberto Giotto bu xabarni tasdiqlashdi. SHu tariqa, jamoaga tegishli 3ta Italiya Kubogi, 2ta UEFA Kubogi, bittadan Evropa va Italiya Superkuboklari, shuningdek, Kubok egalari kubogi ham sotuvga qo'yildi. “Parma” yangi mavsumni Italiya “D” seriyasida boshlaydi. Klubning umumiy qarzi 200 million dollarga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar