Paredes Mpabbeni Ronaldu, Messi va Neymar bilan taqqosladi
25 iyu 2021 19:52
Yangiliklar
Paredes Mpabbeni Ronaldu, Messi va Neymar bilan taqqosladi
PSJ sobiq yarim himoyachisi Leandro Paredes jamoadoshi bo'lgan Kilian Mbappeni Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymar bilan taqqosladi.
"Mbappe ko'proq Ronalduga o'xshaydi, u atlet, ajoyib jismoniy imkoniyatlarga ega. Menimcha, Messi va Neymar o'ziga xos istedod sohiblari, ammo Krishtianu va Kilian jismonan kuchli va yuqori futbol namoyish etish fazilatlariga ega", — deydi Paredes.
Eslatib o'tamiz, Mbappe 2020/21 yilgi mavsumda PSJ safida 47 uchrashuv o'tkazib, 42 gol va 11 golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar