“Palermo” prezidenti Zamparini istefoga chiqdi
28 fev 2017 00:10
Yangiliklar


“Palermo” prezidenti Zamparini istefoga chiqdi
Italiyaning “Palermo” klubi prezidenti Mauricio Zamparini istefoga chiqqanligini malum qildi.
“Yaqin 15 kun ichida klubga yangi prezident tayinlanadi. Tanishtiruv marosimi Palermoda tashkil etiladigan maxsus matbuot anjumanida o'tkaziladi.
Yangi prezident Anglo-Amerika jamg'armasi vakili hisoblanadi. U jamoaning yangi stadioni hamda sport markazini moliyalashtiradi. Bu loyiha 5 yilga mo'ljallangan”, - deb xabar bermoqda “Palermo” rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, “Palermo” 26ta uchrashuvdan so'ng 15 ochko jamg'arib, A Seriyada 18-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar