"Palermo" prezidenti: "Dibala 50 mln evro turadi"
03 dek 2014 16:19
Yangiliklar


"Palermo" prezidenti: "Dibala 50 mln evro turadi"
"Palermo" prezidenti Maurisio Zamparinining takidlashicha, jamoa hujumchisi Paulo Dibalaning transfer narhi 50 mln evro.
"Dibala borasida men bilan hech kim uchrashgani yo'q. U 42 mln evro turadimi? Yo'q, bu mablag' etmasligi mumkin. Ko'ramiz, bunga PSJ qanday munosabat bildirar ekan. Dibalaning narhi "Napoli" rahbari de Laurentsining cho'ntagiga to'g'ri kelmaydi. Uning bahosi 42 va 50 mln evro orasida.
Agar mening maslahatimga quloq tutadigan bo'lsa, Paulo yana bir mavsum jamoda qoladi. U bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazyapmiz. Futbolchi birinchi marta jamoaga kelganida shartnomaning barcha bandini o'qishni xohlagan" - deydi Zamparini.
21 yoshli Dibala bu mavsumda A seriyada 12 bora maydonga tushib, 5ta gol urib va ikki golli uzatma bergan.

Fikrlar