So’nggi yangiliklar

14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12

Payshanba - muxlis minbari. OCHLda 2ta o'rindan ko'piga munosibmizmi? Fikrlar Yangiliklar

Payshanba - muxlis minbari. OCHLda 2ta o'rindan ko'piga munosibmizmi? Fikrlar

Mazkur savolimizga oid turli firklar elektron manzilimizga kelib tushdi. Marhamat, mutola qiling.

Alisher Roziqov Toshkent shahri.

Bizga haqiqat va adolat kerak. SHuning uchun ham bizga OCHLga 2tadan ortiq o'rin ko'p deb o'ylayman. Xo'sh nega ko'p? Bizning chempionatni BAA, Saudiya Arabistoni chempionatlaridan qaeri kam? Axir ularga bizdan ko'p yo'llanma berilgan. Gohida BAA va Saudiya Arabistoni chempionatlarini ko'rib qolaman. Stadionda chiqsa 500-1000 muxlis. Bu arablar o'yinini ko'rganizdan mahallaga chiqib bolalar futbolini ko'rgan yaxshi. Tan olamiz, arab klublari moddiy va moliyaviy tomondan juda yaxshi taminlangan. CHimlari futbol o'ynashga javob beradi, stadionlari har tomonlama yaxshi tamirga ega. Lekin futbolda bulardan ham muhim narsalar bor. Qani futbolchilarda shijoat, nega yutqazayotgan jamoasi ham bemalol "xo'jadek" sekin, shoshilmasdan o'ynaydi. Ha, balki "bizda unday emasmikan" deb o'ylayotgandirsiz. Har holda biz arablarga o'xshab o'ynamaymiz. Buni futbolga tushunadigan odam anglaydi. Ayniqsa, oliy ligamizda. Men yana ko'p kamchiliklarni yozmadim. Yozsam ertalabgacha yozishga to'g'ri keladi. Demak, savol tug'iladi. Xo'sh nega arablar OCHLga bizdan ko'p yo'llanma olarkan? Kechirasiz, OFK prezidenti kimligini bilasizmi? Ha, u arabistonlik. Demak, savolga javob oldik. Biz yana haqiqat va adolat so'zlarini ishlatishga majburmiz.
Nega men bizga OCHLga 2tadan ortiq yo'llanma ko'p dedim? O'zingiz bilasiz, bazi stadionlarimiz chimi, stadion tamiri hattoki jamoa futbolkalarida muammolar bor. Bazida moliyaviy qiyinchiliklar klublarimizda uchraydi. SHuning uchun ham oliy ligamiz saviyasini pastga tushiradi. Mayli, bizda ham kamchilik ko'p, shuning uchun ham OFK bizga adolatli qaror chiqaradi. Biz bunga loyiqmiz.

Tahririyat: BAA va Saudiya Arabistoni nima uchun ustunligiga o'zingiz javob beribsiz. Bu erda OFKning bizga kam o'rin berishida prezidenti arabligi sabab emas. OFK prezidenti kvotalarni tasdiqlash jarayonida ishtirok etmaydi. Kvotalar sharqliklar tomonidan tuzib chiqilgan dastur asosida taqsimlanadi. Agar biz ular talab qilayotgan vazifalarni bajarib qo'ysak, hech kim bizga beriladigan o'rinlar soniga tasir ko'rsata olmaydi.


Azizbek ALLABERDIEV. 

O'zbekiston futboli rivojlanish pallasida. Kerak bo'lsa, OCHLda g'olib bo'lish ruhiyatiga ham ega. Futbolimizni rivojlantirishdan to'xtamasligimiz kerak. Ota-bobolarmiz aytgan: "Erga qanday mehr bersang, er ham senga shunday mehr ko'rsatadi". Nasib etsa, 3 ta klubimiz ham qatnashadi. Nega biz ham 4ta kvotaga loyiq bo'la olmasligimiz kerak. Biz ham bunga munosibmiz. Faqat va faqat oldinga harakat qilmoq kerak. Nima bo'lgan taqdirda ham klub va MTJlarimizga hamisha omad tilab qolaman. Hech qachon taslim bo'ldim demang!

Tahririyat: Niyatlaringizga biz ham tilakdoshmiz.


Ilyosbek Abdumannopov, Andijon viloyati Asaka tumanidan

Bu barchamizni birdek qiziqtirayotgan savol! Biz birinchidan barchamiz O'zbekiston jamoalari uchun OCHLga OFK ko'proq o'rin ajratishlarini xohlaymiz. Lekin biz bunga munosibmizmi? Agar munosib bo'lsak, unda zerikarli milliy chempionatimiz, ustiga ustak odamlar tashrifi bo'yicha ham u qadar maqtana olmaydigan birichilikda ishtirok etayotgan jamoalarimiz OCHL uchrashuvlarini bezay oladimi ? Yana eski mavzu. Biz 2014 yilgi Braziliyada o'tadigan jahon birinchiligiga chiqa olmadik, xo'sh, unda ayting-chi qitamizdan “mundial” ga yo'llanma olgan terma jamoalar milliy birinchiliklarining qaysi birining chempionati biznikidan past saviyada? Biz bo'lsa Mirjalol Qosimovni ayblab turli xil ommaviy axborot vositali orqali qo'shtirnoq ichidagi shirin gaplarimiz bilan siylayapmiz. Agar bilsangiz, yaxshi taom tayyorlash uchun birinchi navbatda masalliq yaxshi bo'lishi kerak, bor masalliqlardan tayyorlangan taom mazasini esa hammamiz totib ko'rdik (afsuski, hali ham mazasi og'zimizda).... Biz halqaro turnirlarda ishtirok etishni maqsad qilsak, birichi navbatda milliy birinchilikni kuchaytirishimiz, chempionatni bezaydigan (chiroyli gollar bilan) xorijdan bo'lsa ham futbolchilarni olib kelish kerak.To'g'ri, buning uchun klublarimizda etarli mablag' yo'q demoqchidirsiz. Lekin klublarimizni boqimandalikdan xalos qilgan holda o'z o'zini taminlovchi (moliyaviy jihatdan) klublarni tashkil qilish kerak. Agar viloyatlarda kubok finali tashkil qilinsa, o'ylab ko'ring, muxlislar qandayin stadionlarni to'ldirib o'tirishadi. Bu esa boshqa davlatlar uchun futbolimizning o'ziga xos “reklama”si OFKdagilar yoki boshqa Osiyo davlatlari final Andijonda, Qashqadaryoda yoki Samarqanda bo'lgani uchun stadion muxlislar bilan to'lgan deyishmaydi, aksincha O'zbekiston futbolini tomoshi qilish uchun stadionga futbolchilar tashrifini ko'rib, O'zbekiston futboli haqida iliq fikrlar bildirishni boshlashadi. SHunda biz OFKdan OCHL uchun ko'proq o'rinlar berilishini kutishimiz mumkin. Biz mensimagan “Buriram Yunayted” klubini yodimizdan chiqarmaylik. O'sha uchrashuvni xorijlik legioner futbolchilar hal qilishdi. Ular biz ishonganimiz “Bunyodkor”ni OCHL turniridan chiqarib tashlasalar-da, OCHL uchun ko'proq o'yinga munosib emasmi? Yodda tuting! Osiyoda futbol rivojlanyapti O'zbekistondan ham boshqa OFK tarkibida davlatlar bor. Mening fikrimcha 1+2 bu eng yaxshi variant. Ko'rib turganingizdek, bu holatda “Lokomotiv” va “Nasaf” ham OCHLda ishtirok etishadi. SHaxsan menga OCHL 2ta to'g'ridan- to'g'ri guruh o'yinlariga ajratiladigan yo'llanmadan “1+2” bu eng yaxshi variant, bu holatda har uchala jamoamizga ham imkoniyat beriladi.

Tahririyat: Haqiqatdan ham tomoshabinlar sonining kamligi kvotalarga tasir ko'rsatadi. OFKning asosiy etibori tomoshabinlar soni va mahalliy TVning mamlakat futboliga bo'lgan etibori.

Aziz Raxmonov, Olmaliq.

O'rinli savol, shunday emasmi? Bugun 24 noyabr kuni yozilmokda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasiga yullanma beruvchi mutaxassislar O'zbekiston jamoalariga 1+2 ko'rinishda kvota ajratmoqchi bosh mavzuga aylandi. Xo'sh nega endi, o'tgan yilgi 2+1 kvotasini ajratgan OFKbu yil 1+2 yoxud 1+1 bilan cheklanmoqda. Biz bot-bot yozib aytayotgan milliy chempionatimiz aslida o'syaptimi, yoki pastga sho'ng'iyapti? O'sayotgan bo'lsa, nega OFK mutasaddilari o'tgan yilgi kvotani saqlab qolmadi? Demakki, bizda pastga sho'ng'ish kuzatilgan, bu faqat bizning ko'zimizga ko'rinmaydi.

O'tgan yilgi OCHL musobaqalarida ishtirok etgan klublarimiz “Bunyodkor”, “Paxtakor” va o'tish yo'llanmasi uchun kurashgan “Lokomotiv” jamoalari biz muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta oldilarmi. Albatta yo'q. SHonli OCHL (deb atasak arziydi) tarixida o'z o'rniga ega va ega bo'lib borayotgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari u qadar yorqin o'yin ko'rsatmadi. “Lokomotiv” esa Birlashgan Arab Amirliklarining “Ash-SHabab” jamoasiga pley-off bahslarida imkoniyatni boy berib yo'llanmadan quruqqoldi. “Paxtakor” esa hatto guruhdan chiqa olmadi. Bunyodkor” o'tgan OCHL musobaqalarida ikki yildirki, sharqiy mintaqa jamoalari safidan o'rin olib,o'ziga xos sensaciya o'rnatib, Mirjalol Qosimov koreys jamoalarining kushandasiga aylanib ulgurdi. O'tgan yilgi mavsumda o'z guruhidan 1-o'rinni egallagan jamoa nimchorak finalda Tailandning Buriram Yunayted jamoasiga yutqazib qo'ydi va Osiyoda O'zbekiston jamoalarining obro'sini tushib ketishiga sabab bo'ldi.

Xo'sh, shundan keyin xam O'zbekiston jamoalariga 2+1 kvotasi berilishi kerakmidi? Xulosa esa o'zingizdan...

Tahririyat: Afsuski, ko'pchlik qatori Siz ham kvotalar soni nimalarga etibor qaratilishda to'liq axborotga ega emas ekansiz. OFK hech qachon jamoalarning o'yin saviyasidan kelib chiqib kvotalarni ajratmaydi. Siz aytayotgan koefficient tizimi UEFAda amal qiladi. OCHL endi-endi shakllanayotgani uchun rahbariyat homiylar uchun yaxshi sharoit yaratib berishni maqsad qilgan. Buning uchun klublarning infratuzilmasi va PFLning saviyasi hamda mamlakat TVsi rivojlangan bo'lishi kerak. Agarda “Paxtakor” va “Bunyodkor” finalga chiqqan taqdirda ham bizga mana shu o'rinlar berilsa hech kim etiroz qila olmas edi. OFK bizga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 4 yildan beri imkon berib kelyapti. Ammo hamma klublar ham bunga jiddiy qaramaydilar. Qachonki ligamizdagi 8ta jamoa OCHL uchun kurash olib boradi, shunda o'z infrastrukturasini takomillashtirishga harakat qiladi. Unga qadar biz har yili “keyingi yil bizga nechta o'rin berar ekan” deb yuraveramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика