"Payshanba - muxlis minbari" - 3
12 dek 2013 15:47
Yangiliklar

"Payshanba - muxlis minbari" - 3
O'quvchilarning qiziqishlariga sabab bo'layotgan loyihamizning uchinchi dasturini mutola qilishingiz mumkin.
Bu safargi savolimiz quyidagicha ko'rinish oldi: "Sizning Mirabror Usmonovga qanday takliflaringiz bor?"
Ammo ko'p ham xat kelmadi. SHu erda bir narsaga amin bo'ldim, "koment" qoldirishdan osoni yo'q, lekin jiddyi taklifga kelganida hamma ham faol emas ekan. Kelgan sanoqli takliflarni esa o'qib chiqishingiz mumkin.
Musofir inson
Assalomu alaykum, Mirabror Zufarovich! Avvalo O'FFga qayta prezident bo'lib saylanganiz munosabati bilan tabriklayman! Hurmatli Mirabror aka, o'zbek futboliga rahbarlik qilayotganizga 8 yil to'ldi. Albatta, bu tarix uchun juda qisqa muddat, lekin yangi tashkil qilingan federaciya uchun katta muddat. Bu davr ichida futbol rivoji uchun o'zingizning beqiyos hissangizni qo'shdingiz.
Mirabror aka, men o'zbek futboli rivoji uchun sizdan bir nechta narsani iltimos qilaman va o'ylaymanki bu iltimosimni ko'rib chiqasiz. Men falonchini haydang, pistonchini tayinlang demayman, aksincha o'sha falonchi va pistonchilar o'z vazifalarini o'z vaqtida bajarishlarini siz qatiy talab qilishingizni so'rayman.
Demak, birinchi taklifim. Mirjalol Qosimovni terma jamoadan oling va vada qilingan chet ellik murabbiyni olib keling demayman, aksincha, Qosimovga yana imkon berildimi, demak bu safar yana MUXLISLAR jabr ko'rmasin. Mirjalol Qosimov faqat terma jamoadagina ishlasin va terma jamoa uchun munosib o'yinchilarni viloyat va shaharlarga chiqib, legioner o'yinchilarimizning o'yinini bevosita stadionda kuzatish imkonini yaratib bering. Qosimov “Bunyodkor”dan ketsin. Qolaversa, nafaqat Qosimov, balki qolgan terma jamoadagi murabbiylar va yordamchi murabbiylar ham faqat bir joyda ishlasinlar. Axir ular ikki joyda ishlasa, terma jamoalar manfaati uchun foyda o'rniga zarar keltirgan va keltiradi-ku!?
Undan ko'ra xorijdagi futbol ligalarini diqqat bilan kuzatishsa terma jamoalarimizga jalb qilinishi mumkin bo'lgan, asl kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan iqtidorli futbolchilar ham bo'lishi mumkin-ku. Ikkinchi taklifim bu ko'pchilik xohlaydigan iltimos - Terma jamoalar markazi direktori o'z lavozimidan istefo bersin yoki o'z ishini bajarsin. Terma jamoamizni jahon chempionatiga chiqa olmaganligiga asosiy sabablardan biri aynan o'rtoqlik uchrashuvlari deyarli o'tkazilmaganligini o'zingiz ham inkor eta olmasangiz kerak.
Uchinchi iltimosim, Evropada futbolchilar kasaba ittifoqi yoki uyushma degan narsa bor. Yani, futbolchi kuch-quvvati borligida klubga foydasi tegadi-yu, ayrim hollarda jarohat olib, futboldan chetga chiqib qolganida klub umuman eslamaydi ham. Natijada futbolchi na davolana oladi, na futbolga qayta oladi. Futbolchilarning haq-huquqini himoya qiladigan bir tashkilot tuzilsin. U tashkilotga esa faqat sobiq futbolchi rahbar etib tayinlansin, chunki o'zi ham bir vaqtlar futbolchi bo'lgan, futbol hayotini miridan-sirigacha biladi. Yangi tashkilot futbolchini klub va terma jamoadagi huquqlarini himoya qilsin.
To'rtinchi taklifim shuki, PFLga shaxsan o'zingiz jiddiy talab qo'ysangiz, kelishilgan o'yinlar borligini hech kim inkor qila olmaganidek aniq dalil bilan isbotlab ham bera olmaydi. SHu sababli PFLda jiddiy islohot qilingan holda kelishilgan o'yinlarga barham berib, qaysi klub yoki futbolga aloqador shaxs kelishilgan o'yinda ishtirok etgan bo'lsa hayfsan emas, qattiq jazolansin.
Beshinchi taklifim futbol klublarimizni O'FF yoki PFL moliyaviy tarafdan qo'llayvermay, aksincha, ularni boqimandalikdan butunlay qutulishiga yordam berish kerak. Viloyat hokimliklari va O'FFga ko'z tikmay o'z biznes rejalari asosida ishlashlarini talab qilish shart. Vaqtida badal pullarini to'lay olmagan klublarni ikkilanmasdan ligadan chetlatish kerak.
Oltinchi taklifim shuki, buni bundan oldin ham bir necha marotaba takidlagan edim. Yani, klublar PFLga zayavka qilishdan oldin chempionat boshlanish arafasida kafolat xati bergandan ko'ra futbolchilar maoshini eng kamida 3 oyligini O'FF yoki PFL hisobiga o'tkazib bersa va futbolchi - klub orasidagi maosh masalasidagi janjallarga barham berilsa. Agar klub futbolchilari uchun beriladigan maoshni doimiy emas, 2-3 yil PFL yoki O'FF orqali futbolchilarga to'lab borsa, tepsa tebranmas klub rahbarlari futbolchi maoshlarini O'FF yoki PFLga o'tkazib berish uchun harakat qilisharmidi? Axir futbolchi biladiki, maoshi kafolatlangan, PFL unga oyligini beradi, va futbolchi faqat futbol bilan mashg'ul bo'ladi.
Ettinchi taklifim, Terma jamoa uchrashuvlariga chiptalarni viloyatlarda ham sotishni yo'lga qo'yish va viloyatlarda ham terma jamoamizni o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etishga shaxsan o'zingiz etibor bersangiz. Yuqoridagi takliflarim balkim kulgilidir, lekin men jiddiy taklif bildiryapman.
SHavkat Sadullaev
Assalomu alaykum, hurmatli Mirabror Zufarovich! Avvalo sizni O'FF prezidentligiga qayta saylanganingiz bilan tabriklab, bu murakkab ishda omad bilan birga sog'lik tilab qolaman. Men buxorolik futbol muxlisi bo'laman. Sizdan eng avvalo o'tinib so'raydiganim, bu chempionatimizdagi oldi-sotdi ishlarni yo'qotib tashlash. Hozirda hech kim bu oldi-sotdilar bo'lmayapti deya ayta olmaydi. Bilmadim, balki O'FF qoshida har bir uyinni tekshiradigan departament tashkil etarsiz. O'sha ishlarga aralashgan kishi murabbiy bo'ladimi yoki futbolchi, o'zbek futbolidan haydashingizni so'rayman! Bu turdagi kelishilgan o'yinlar asosan o'rtamiyona va autsayder jamoalar o'rtasida bo'ladi deb o'ylasam, yaqinda bo'lib o'tgan (---- ----. P.S: Dalil va isbot bo'lmaganligi uchun o'quvchi ko'rsatgan uchrashuvni, TV ko'rsatuvlari kabi tittttt qilib o'tkazib yuboramiz) o'yinida ham natija kelishilgan ekan. Bunaqada futbol bo'ladimi? Har bir uchrashuv oldidan muxlis uchrashuvga boraymi, yo'qmi, o'yin sotilganmi, yo'qmi deb o'ylaydi. Aksar muxlislar, o'yin baribir sotilgan deb stadionlarga bormay qo'yishdi. Qani endi o'sha 1992-1996 yillardagi chempionatlar bo'lsa. Mayli endi o'tgan ishga salovat. Bundan keyin bunday o'yinlarni yo'q qilib tashlaylik. Mening Sizga bo'lgan hurmatim baland. Ishonchim komil, siz bu oldi-sotdilarni yo'q qilib, haqiqiy raqobatli chempionat tashkil qilasiz.
Mr BeKu WLning taklifi juda qisqa bo'lgan: terma jamoaga chetdan murabbiy olib kelinishini taklif qilardim. Xuddi shunday taklif bilan SHerzod Sattorov ham chiqdi:
“Taklifim agarda mablag' etarli bo'lsa, MTJga dunyoning eng kuchli murabbiylaridan birini taklif qilsangiz. SHu bilan birga dunyoning kuchli terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilinsa. Imkoni bo'lsa, mamlakatimizda xalqaro turnir tashkil qilinsa zo'r bo'lardi. Yana Sizdan iltimosim shuki, oliy ligadagi jamoalarga har birining o'zining sport magazini ochishni majburiy qilib qo'ysangiz. Bundan biz muxlislar faqat xursand bo'lamiz.
Ulug'bek Xudoyberganovning taklifi ancha keng ko'rinish olgan:
“Assalomu Alaykum, janob Mirabror Zufarovich!
Avvalambor sizga bo'lgan chuqur hurmatimni izhor etaman, shuningdek, O'zbekiston futbol federaciyasi prezidentligi lavozimiga yangi muddatga saylanganingiz bilan tabriklayman!
Avvalo shuni iltimos qilar edimki, har yilning oxirida “Zarafshon” restoranida bo'lib o'tuvchi o'zbek futbolidagi munosib insonlarni taqdirlash marosimi qamrovini yanada kengaytirib, xuddi sanat olami vakillari uchun mo'ljallangan marosim M&TVA darajasiga ko'tarilishini iltimos qilardim.
Yani, har yilning so'nggiga bir necha oy qolganida SMS ovozlari va internet orqali ochiq so'rovnoma shaklida Yilning eng yaxshilarini aniqlab olish uchun so'rovnoma o'tkazilsa. Ularning orasida eng ko'p ovoz to'plaganlaridan 3 nafari munosib ravishda “Istiqlol” sanat saroyida M&TVA marosimidagi kabi taqdirlansa. “Istiqlol” sanat saroyiga xuddi 2012 yildagi M&TVA taqdirlash marosimi kabi oddiy insonlar ham chipta xarid qilgan holatda marosimda ishtirok etishlarini so'rardim.
Bu marosim jonli ravishda “Sport” kanalida efirga uzatilib taqdirlanuvchilarning nominaciyalariga quyidagilar ham kiritilsa:
Yilning eng yaxshi erkak laynsmeni
Yilning eng yaxshi ayol laynsmeni
Yilning eng yaxshi erkak referisi
Yilning eng yaxshi ayol referisi
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi
Yilning eng yaxshi murabiyi
Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti
Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi
Ushbu marosim uchun “Istiqlol” sanat saroyi sahnasida maxsus dekoraciya barpo etib, nominaciyalar bo'yicha g'oliblarni o'zbek futboliga munosib hissa qo'shgan insonlar topshirsalar ajoyib bo'lardi.
Eng muhimi, ushbu taqdimotga OFK Prezidenti taklif etilsa. Qolaversa, bir nafar xorijdan, bir nafar mashhur xonanda tashrif buyursa. O'zbekiston shou-biznesining eng yorqin yulduzlari ham marosim davomida chiqish qilsalar marosimning ahamiyati yanada ortardi.

Fikrlar