So’nggi yangiliklar

12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  1 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  4 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  4 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  9 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  3 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  7 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  26 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15

"Pachkalab" futbolchi olmaymiz, To'raevning poziciyasiga nomzodlar bor, SHarkich yarim yil o'ynamagan" - Vitaliy Levchenko xorij yig'ini va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi Yangiliklar

"Pachkalab" futbolchi olmaymiz, To'raevning poziciyasiga nomzodlar bor, SHarkich yarim yil o'ynamagan" - Vitaliy Levchenko xorij yig'ini va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi

"Neftchi" jamoasining 2023 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoni ayni muhim pallaga kirib bormoqda.

Tarkibdagi o'zgarishlar, Lutfulla To'raevning jarohati va yangi kelgan futbolchilar borasida farg'onaliklar ustozi Vitaliy Levchenkoning fikrlarini tingladik. 


Antaliyadagi dastlabki yig'inimiz 6-20 yanvar oralig'ida bo'lib o'tdi. 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, bu jarayon ikkinchi bosqichda ham davom etadi. Ayrim pallada kuchli yomg'ir va shamol o'yinlarni to'liq o'tkazishga tasir qildi, deya olaman. Lekin bu mashg'ulotlarga aloqasi bo'lmadi, tashkilotchilar qulayliklarni yaratib berishdi. 

— Tarkibga kelsak, ayrim legionerlar ko'rikda, yana ayrimlari bilan muzokara davom etmoqda. Bu oddiy jarayon emas. CHunki futbolchilar ixtiyorimizga turli holatda kelyapti. Ish reja bo'yicha ketyapti. Yigitlar yuklamalar olishyapti. Bizni ranjitgan jihati albatta Lutfulla To'raevning jarohati bo'ldi. U jamoamiz sardori. Unga sog'lik-salomatlik tilaymiz. Tezroq safga qaytishini tilab qolamiz. Muhimi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Biz uchun kutilmagan holat edi. Hozirda uning poziciyasini to'ldirish uchun bir qancha nomzodlar bor. Ko'p narsa Lutfullaning qanchalik tez qaytishi va formaga kirib olishiga bog'liq. Uning o'rnidagi futbolchi katta hajmdagi ishni bajarishi talab etiladi. Legioner ham, mahalliy futbolchini ham ko'ryapmiz. Ikkita teng kuchli tarkib qilishni rejalashtirganmiz. Rotaciyalarni amalga oshirishimiz osonroq bo'ladi. Mavsum hali uzoq, chempionat va kubok bahslari bor.



— Darvoza chizig'iga raqobatni oshirish uchun legioner xizmatidan foylanmoqchi emasdik. Imkon qadar mahalliy futbolchi izladik. Ayrim omillar hisobiga bir nechta mahalliy darvozabonlar bilan kelisha olmadik. Vladimir Nazarov borasida vaziyatdan tezroq foydalanib ketildi. Ko'p o'ylab o'tirilmadi. U munosib nomzod. Akbar To'raevga raqobat tug'dira oladi. 

SHarkich bilan yozda muzokara olib borilgandi. Ammo o'sha payt darvoza chizig'ini kuchaytirishga etibor qaratgandik. SHarkich yaxshi futbolchi, sifatli. Lekin minus tomoni yarim yil hech qaerda to'p tepmagan. O'yin tonusi yo'q. SHarkich optimal holatga kelishi kerak. Oldinda vaqt bor. Ko'ramiz. 



— Bu yilgi Superliga yorqin o'tishi shubhasiz. O'tgan yilgiga o'xshab kim chempion bo'lishini oldindan ayta olmaysiz. Barcha jamoalar qishki transferlardan yaxshi foydalanyapti. Men boshqa jamoalar haqida gapirmoqchi emasman. Biz tarkibni o'zagini saqlab qoldik. Asosiy etibor sifatga va qanchalik kuchaytira olishiga qaratiladi. "Pachkalab" futbolchi olmaymiz. O'tgan yili ayrim futbolchilar potencialini ko'rsatdi. Nimalarga qodirligini bilib oldik. Bor gap shu, oldinga intilishda davom etamiz.  "Pachkalab" kelish-ketishlarga munosabatim? Ko'p narsa klubdagi boshqaruvga, yaratilayotgan sharoitlarga bog'liq, deb o'ylayman. "Neftchi" boshqa yo'ldan borishini maqul topdi. Biz uchun muhimi jamoani saqlab qolish, ichki muhitdagi ahillik, insoniylik fazilatlar va albatta futbolchidagi professionallik.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика