So’nggi yangiliklar

00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4

Pablo Taborda: "Messi bizni kuzatib boradi. Agar narigi yarim finalchilar bizdan keyin o'ynaganda, finaldagi raqib sifatida Braziliyani tanlagan bo'lardim" Yangiliklar

Pablo Taborda: "Messi bizni kuzatib boradi. Agar narigi yarim finalchilar bizdan keyin o'ynaganda, finaldagi raqib sifatida Braziliyani tanlagan bo'lardim"

Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Franciyaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Argentina terma jamoasi sardori Pablo Taborda saytimizga intervyu berdi.

"To'g'risi, Franciyaga qarshi og'ir o'yin o'tkazdik. Ancha mashaqqat chekdik. Ammo g'alaba qozonishni uddaladik. Endilikda Braziliyadan revansh olishga harakat qilamiz.

Turnir davomida ko'p gol o'tkazib yubordik, bu xavotirli bo'lishi mumkin. Biroq final butkul boshqacha bo'ladi va futzalchilar ko'proq kuch sarflashib, butkul boshqacha o'yin namoyish etishadi. SHu bois bu bizni tashvishga solmaydi.

Futbolni oladigan bo'lsak, Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Umid qilamanki, biz ham ular qilgan ishni takrorlaymiz. Messi bilan suhbatlashish nasib qilmagan, lekin aminmanki, u futzalni diqqat bilan kuzatib boradi, bunga Instagram sahifasida joylagan futzalga oid postlari isbot bo'la oladi. 

SHuni takidlash joizki, biz ketma-ket uchinchi marotaba jahon chempionati finalida o'ynaymiz. Argentinalik futzalchi uchun bu sharaf.

Agar Braziliya bizdan bir kun keyin Ukrainaga qarshi o'ynaganda, men ham finaldagi raqib sifatida Braziliyani tanlagan bo'lardim. CHunki Argentina-Braziliya qarama-qarshiligidan ko'ra shiddatli va maroqliroq o'yin yo'q, bunaqasi kamdan-kam uchraydi. Biz bundan zavqlanamiz, nima bo'lishini esa Xudo biladi", Taborda.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Argentiga jahon chempionati finalida Braziliya bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика