So’nggi yangiliklar

23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 23:10"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  4 22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66

O'zPFL Coca Cola Superliganing barcha klublariga minnatdorchilik bildiradi Yangiliklar

O'zPFL Coca Cola Superliganing barcha klublariga minnatdorchilik bildiradi

Teglar :  Coca Cola Superliga
Pandemiya Coca Cola Superliga uchrashuvlarida ketma-ket ikki marta kutilmagan tanaffuslarga sabab bo'ldi.

SHunga qaramay, biz barcha klublar bilan birgalikda birinchi davra uchrashuvlarini yakunlashga erishdik.

Uchrashuvlarni qayta tiklash uchun birinchi galda SES bilan kelishgan holda yo'riqnoma ishlab chiqildi. Ikkinchi safar esa alohida Reglament ishga tushdi. Albatta, Reglament talablariga javob berish hech kim uchun oson bo'lmadi. Bu talablar futbolchilar va umuman o'zimizning sog'ligimiz, oilamiz tinchligi yo'lida muhim faktor edi. Mana shunday murakkab davrda Superliga klublari birlasha oldi, biz barchamiz sentyabrga qadar birinchi vazifani uddalashga erishdik.

Ish bor joyda kamchilik bo'lishi tabiiy. “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari markazlashgan musobaqa uchun o'zlarining mashg'ulot maydonlarini ham berishga rozi bo'lishdi, “Bunyodkor” akademiyasi esa o'rinbosarlar uchrashuvlarini o'zida qabul qildi. SHuningdek, AGMK va “Metallurg” klublari o'z uylarida mehmon kutishdi. Bu orada qandaydir kamchiliklar kuzatilgan bo'lsa, O'zPFL buning uchun uzr so'raydi va vaziyatni to'g'ri baholashingizga ishonadi.

Viloyatlarimiz jamoalari esa yanada murakkab davrdan o'tishdi. Ular oilalaridan uzoqda bo'lib, muxlislar uchun to'p tepishdi. Biz barcha 14 klub futbolchilarining mehnatlari, mashaqqatlari hamda intilishlarini qadrlaymiz, ularga matonatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ko'rinyaptiki, futbol muxlislari uchrashuvlarni stadionlardan turib kuzatishni sog'inishdi. Mana shunday vaqtda uchrashuvlarni jonli efirga olib chiqishda, o'yinlar vaqti va joyi o'zgarishi bo'yicha masalalarni tartibga solishda ko'rsatgan yordami uchun “Sport” telekanaliga, shuningdek, barcha uchrashuvlarda xavfsizlik masalasida katta ko'mak bergan IIV xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Bugungi kunlar O'zbekiston futboli tarixidan joy oladi. Musobaqalar davom etishi yo'lida biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, yangidan-yangi burilishlar yasay oldik. Pandemiya davrida barchamiz ko'p jabhalarda saboq oldik, ko'p narsa o'rgandik. Umid qilamizki, bunday davr tez orada ortda qoladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi ishchi xodimlari Siz azizlar uchun mehnat qilishda va albatta muxlislar kutgan yangiliklarni sekin-asta joriy etishda davom etadi. Tashkilotimiz nomidan barcha muxlislarimizni istiqlol bayrami bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtiyor, ishlarimiz barokatli bo'lsin!

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика