So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  1 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  3 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

O'zingni aybla. "Real" mavsumning birinchi "klassiko"sini buzgani haqida Yangiliklar

O'zingni aybla. "Real" mavsumning birinchi "klassiko"sini buzgani haqida

Teglar :  BarselonaReal
Bir necha kun oldin er ahli kutgan "klassiko" yani "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va bu o'yinni tahlil qilishga harakat qilib ko'ramiz.

Har bir "klassiko" oldidan muxlislar, murabbiylar, mutaxassislar va futbolchilar tahmin qilishdan cho'chiydi. Bu borada faqat eng ashaddiy muxlislar o'z jamoasining g'alaba qozonishi haqida aytishi mumkin.


"Real"ning mavsumni boshlashi juda ajoyib bo'ldi, ammo ularning o'yinidagi etishmovchiliklar tez-tez ko'rina boshladi: Futbolchilarning aksariyati maydondagi rolini tushunmay, avtopilotda harakat qilishdi, ularning baxtiga Keylor Navas bor ekan. "Madrid"ning haqiqiy yuzi "klassiko"da ochildi. 


Har doimgidek o'yindan oldin intiriga bor edi: Xatto eng dangasa muxlis ham "klassiko"dan oldin jamoalar tarkibi bilan qiziqdi, ammo bu bahsdan oldin qiziq vaziyatlar bo'ldi. "Barselona" etakchisi Lionel Messi maydonga tusha oladimi? Elkasining jarohatini yangilab olgan "Real" himoyachisi Serxio Ramoschi? Natijada ikkalasi ham maydonda paydo bo'ldi: Ispaniyalik o'yin boshida, argentinalik - so'nggi o'ttiz daqiqalikda.


Benites o'yin startida BBC va Xamesni maydonga tushirib hujumkor o'yin tarafdori ekanligini isbotlamoqchi bo'ldi. Tyanch hududiga Modrich Kroos yordamida javob berishi lozim edi. Aslida Rafa bahs boshida Kazemironi maydonga tushirib, ikkinchi bo'limda o'yinni kolumbiyalik bilan kuchaytirgani yaxshi edi, ammo murabbiy boshqacha fikrladi. Bu taktikaning salbiy natijasi tezda ko'rindi - "Real" bu o'yinda to'liqligicha maydon markazini boy berdi. Hammasi aniqroq ko'rinishi uchun ushbu suratga nazar tashlashning o'zi etadi.


"Real"ning hujumkor taktikasiga qaramasdan, "Qirollik klubi" futbolchilari oldinda faol bo'lishni istamayotgani ko'rinib turgan edi. Xatto so'nggi "klassiko"dagi kabi kuchli pressing ham bo'lmadi. Tezkor gol esa maydon markazi va Ramosga salom yo'lladi. Ramos xatoga yo'l qo'yishi mumkin, ammo u jamoaning ruhini ko'tarib, futbolchilarni oldinga boshlashi kerak edi, lekin sardor bu ishni bajara olmadi.

"Biz hujumkor o'yin uslubidan foydalanmoqchi edik. Maqsadimiz, bu o'yinda yuqori daraja va kerakli tajribaga ega bo'lgan futbolchilardan foydalanish edi" - deydi Benites bahsdan keyingi matbuot-anjumanida.

Luis Enrike pinagini buzmay asosiy tarkibga Serxi Robertoni kiritdi va bu yigit o'z faoliyatida birinchi marotaba "klassiko"da to'liq harakat qildi, harakat qilgandan ham yuqori darajada to'p tepdi.


Maydon markazi va himoyadagi inqirozga "Real" uchligi BBC "obuna" bo'ldi. Bu uchlik hozirda xatto "Rayo Valekano"ni ham qo'rqitmay qo'ydi. Ayniqsa Garet Beyl, ammo Rafael Benites bunga majbur bo'lyapti, chunki u Florentino Peresning gapini ikki qila olmaydi. Agar bunga qarshilik qilsa, yangi ish joyi qidirishiga to'g'ri keladi.


Kataloniya triosi haqida eng yorqin ranglarda yozsa arziydi: Neymar "Barselona"ni ortidan ergashdirishda davom etyapti, Suares esa bu borada jamoadoshiga katta yordam bermoqda. Bu o'yinda "Real" himoyasi uch dona pas bilan sochilib ketyapti: Bunday o'yin uslubini akademiyadagi bolalarga ko'rsatish kerak.


Hammasi final xushtagidan oldin, Benites o'z darajasiga mos o'yin ko'rsatishga harakat qilayotgan Xamesni va qanot bo'ylab hujumlarda ishtirok etishdan charchagan Marseloni o'yindan olganida malum bo'lgan edi.


Bu "klassiko" bilan hammasi tugamaydi va omad "Real" tomon o'girilishi mumkin, ammo hozircha Benites harakat qilyapti, lekin uning ishlari bor-yo'g'i 3+ga tortyapti.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика