O'zilning agenti "Fenerbaxche" bilan muzokaralarni tasdiqladi Yangiliklar

O'zilning agenti "Fenerbaxche" bilan muzokaralarni tasdiqladi

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilga "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Mesutning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi bor. U jamoa tarkibiga qaytish uchun qattiq ishlashda davom etmoqda.

"Fenerbaxche"? Ha, bu haqiqat. Bizda bu klub bilan muzokaralar bo'ldi. Ammo biz transferni yanvarga qadar muhokama qila olmaymiz", - deydi agent.

32 yoshli germaniyalik futbolchining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'zil London klubining 2020/21 yilgi mavsum uchun qaydnomasiga kiritilmagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика