Ozil qishda “Fenerbaxche”ga o'tishi mumkin
11 sen 2018 01:09
Yangiliklar
Ozil qishda “Fenerbaxche”ga o'tishi mumkin
“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut Ozil qishki transfer bozori chog'ida “Fenerbaxche” klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda DailyMail.
Turk klubi 29 yoshli germaniyalik futbolchining bosh murabbiyi Unai Emeri bilan sovuq munosabatlaridan foydalanib qolmoqchi. Ozilning London klubidagi haftalik maoshi 350 000 funt sterlingni tashkil etadi.
Malumot uchun, Mesut Ozil joriy mavsum Angliya chempionatida 3ta uchrashuvda maydonga tushgan, lekin raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar