O'zil: "Genduzi men o'ynagan o'yinchilar orasida eng qadrlanmagani"
25 dek 2020 10:38
Yangiliklar


O'zil: "Genduzi men o'ynagan o'yinchilar orasida eng qadrlanmagani"
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil u bilan o'ynagan eng qadrlanmagan futbolchi deb kimni hisoblashini aytdi.
"Matteo Genduzi. Ishonchim komilki, u bir kun kelib yuqori darajadagi futbolchiga aylanadi", - deb yozdi O'zil tvitter sahifasiga.
21 yoshli Genduzi "Gerta"da ijara asosida o'ynamoqda. U joriy mavsum nemis klubi safida barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, franciyalik yarim himoyachining "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar