So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti boshchiligida klub faoliyati muhokama qilindi Yangiliklar

“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti boshchiligida klub faoliyati muhokama qilindi

"Bunyodkor" jamoasiga oid muhim yangilik.

2021 yilning mart oyidan boshlab “Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashi qarori bilan Klub prezidenti sifatida ish boshlagan “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev o'tgan yilda klub nimalarga erishdiyu, nimalarni yo'qotgani, 2022 yilda qilinishi kerak bo'lgan ishlar rejalari yuzasidan Bosh direktor Ulug'bek Mirzaev, Bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov, “Fan-klub” azolari etakchisi SHavkat Imomov bilan uchrashdi.

Klub prezidenti avvalo, asosiy maqsad va vazifa O'zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishga, jumladan bolalar-o'smirlar, professional hamda ommaviy futbolni keng targ'ib qilishga qaratilganini takidlab o'tdi.

Bundan tashqari, Klubning bosh vazifasi asosiy jamoaning milliy chempionat, O'zbekiston kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishi, qolaversa, yoshlar, ayollar, mini-futbol, shuningdek I va II liga jamoalarimizning o'z birinchiliklaridagi muvaffaqiyatli eshtirok etishiga qaratilgan bo'lsa-da, afsuski o'tgan yilda kutilgan natijalarga erishilmagani tanqid qilindi.


Uchrashuv davomida, Klub Bosh direktori Ulug'bek Mirzaev va Bosh murabbiyning 2021 yil sarhisobi hamda 2022 yilgi rejalar bo'yicha hisoboti tinglandi. Ulug'bek Mirzaev O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'quv mashg'ulot yig'inlariga “Bunyodkor”dan o'n nafardan ortiq futbolchi jalb etilganini bildirib, yoshlar erishayotgan yutuqlar bo'yicha malumotlarni keltirib o'tdi.

Jamoaning yakunlangan mavsum boshida qabul qilib olgan bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov, har bir futbolchi bilan alohida muloqot yo'lga qo'yilib, ularning jismoniy va ruhiy holati o'rganilgani, 2021 yilgi natijalardan o'zi ham qoniqmagani va 2022 yilda jamoa faqat sovrinli o'rinlar uchun kurashishini bildirdi.



“O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Bosh murabbiyga imkon berishini va 2022 yilgi natijalarga qarab uning faoliyati bo'yicha xulosa qilishini aytib, faqat g'alaba uchun maydonga tushish kerakligini, nafaqat milliy chempionat, kubok bahslari,  balki, endilikda xalqaro maydonda ham jamoa o'zining avvalgi o'rnini qaytarishi kerakligi borasida  borasida topshiriqlar berdi.

Jamoani shakllantirishda selekciya ishlarini olib borish, yosh futbolchilarga imkon berish, korrupciya va tanish-bilishchilikka mutlaqo o'rin bermaslik bo'yicha vazifalar belgilab berildi. SHuningdek, “Bunyodkor” FK akademiyasi tarbiyalanuvchilariga alohida etibor berish hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratish kerakligi takidlandi.



O'z navbatida 2022 yilda klub va uning xodimlarini, jamoa va barcha futbolchilarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash masalasiga ham alohida etibor berilib, rag'batlantirish masalalari qayta ko'rib chiqilishi, o'zining fidoyiligini namoyish qilgan har bir ishchi-xodim va futbolchi, murabbiy, jamoa azosi rag'batlantirilishi aytildi. 

Majlis so'ngida Mehriddin Abdullaev 2022 yilda jamoaga omad tiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика