So’nggi yangiliklar

09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  4 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  1 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  2 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бироз ақлли футбол керак"  1 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  3 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  1 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  1

O'zbekistonsiz o'tayotgan OCHda Tojikiston va Hindiston ikkinchi marotaba JCHda ishtirok etishga yaqin Yangiliklar

O'zbekistonsiz o'tayotgan OCHda Tojikiston va Hindiston ikkinchi marotaba JCHda ishtirok etishga yaqin

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ketma-ket ikki marotaba kichik mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Kechagidek yodimizda, dastavval bizga bu quvonchi Aleksey Evstafeev boshchiligidagi terma jamoamiz taqdim etgan edi. O'zbekistonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan 1994 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz Meksika yo'llanmasini qo'lga kiritgan edilar. Oradan ikki yil o'tib Dilshod Nuraliev boshchiligida biz BAAdagi mundial chiptasiga ega chiqqanmiz.

O'smirlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida ikkinchi marotaba mundialga chiqishga yaqin turgan Hindiston va Tojikiston terma jamoalari buning uchun koreyaliklarni mag'lubiyatga uchratishlari kerak. KXDR qo'shnilarimiz bilan bahs olib borishsa, hindlar janubliklarga qarshi. Tojikiston terma jamoasi JCHdagi debyutini 2007 yilda amalga oshirgan edi. Hindiston terma jamoasi esa 2017 yilgi JCH mezboni sifatida to'g'ridan-to'g'ri musobaqada qatnashgan.


Osiyo terma jamoalari ichida JCHda ishtirok etish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatgich kun chiqar yurt vakillarida. Lekin hech bir osiyolik Saudiya Arabistoniga teng kela olmaydi. Saudiyaliklar SHotlandiyada bo'lib o'tgan mundial finalida mezbonlarni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratgan holda chempionlikni qo'lga kiritgan edilar.


Afsuski 2008 yildan beri muntazam ravishda Osiyo chempionatida ishtirok etib kelgan terma jamoamiz, 2018 yilgi musobaqadan chetda qoldi.

Quyida JCHda eng ko'p ishtirok etgan terma jamoalar ro'yhati bilan tanishishingiz mumkin.

Yaponiya - 8
Qatar - 7
Xitoy - 6
Janubiy Koreya - 5
Eron - 4
Ummon - 3
BAA - 3
Saudiya Arabistoni - 3
Bahrayn -2
O'zbekiston - 2
Iroq - 2
Suriya - 2
Tailand - 2
Yaman - 1
Hindiston -1
Tojikiston - 1


Vikipediya malumotlari asosida

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика