O'zbekistonlik o'smirlar ikkinchi o'rtoqlik o'yinida Tojikistonni mag'lub etdi
13 avg 2021 21:45
Yangiliklar
O'zbekistonlik o'smirlar ikkinchi o'rtoqlik o'yinida Tojikistonni mag'lub etdi
13 avgust kuni Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida o'zbekistonlik o'smirlar qo'shnilari ustidan zafar quchishdi. Jamoa safida gollarga Amirbek Saidov va Ollobergan Karimov mualliflik qilgan bo'lsa, raqib futbolchisi Tabrez Ulug'bekzoda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi hamda Abubakr Sulaymonov jamoasi foydasiga ishlagan yagola to'pni kiritdi.
Tojikiston (U-15) – O'zbekiston (U-15) – 1:3
Bosh hakam: Abdullo Davlatov (Tojikiston)
O'zbekiston U15: Sobirov Muhammadyusuf, Panfyorov Daniil, O'ktamov Ozodbek (s), Ju Jin Li Daniel, Abdulboriev SHerzodbek, Mirusmonov Mirmaqsud, To'lqunbekov Azizbek, Karimov Ollabergan, Ismoilov Sultonboy, Saidov Amirbek, Tursunaliev Ibrohimjon
Zaxira: To'laboev Diyorbek, Halilov Bahodir, Jumatov Behruz, Bobomurodov Fozil, Hoshimboev Jahongir, G'ofurjonov Bekzod, Isomiddinov Jahongir, Turg'unboev Abdulhamid, Mirhalilov Mirjalol, Aliev Mirzagit, Bo'riev Jahongir, Behruz SHukrullaev


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar