O'zbekistonlik o'smir qizlar Osiyo chempionati saralashining ilk o'yinida mag'lub bo'ldi
26 avg 2016 16:43
Yangiliklar
O'zbekistonlik o'smir qizlar Osiyo chempionati saralashining ilk o'yinida mag'lub bo'ldi
2017 yilda Xitoyda o'tkaziladigan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchi qizlardan tashkil topgan terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralashining ilk o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan qizlar terma jamoasi saralashning “D” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruh o'yinlari Vetnamda o'tkazilyapti. Kecha, 25 avgust kuni O'zbekiston Vetnamga qashi maydonga tushdi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida Nyan Zi Van Su dublga erishib, Vetnamning tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishini taminladi. Ikkinchi bo'limda SHaxnozabonu Yusupova bitta javob to'pi kiritdi.
O'zbekistonlik qizlarning navbatdagi raqibi Falastin jamoasi bo'ladi. Ushbu uchrashuv 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da bo'lib o'tadi.
Fikrlar