O'zbekistonlik Osiyo chempioni Hindistonda o'ynaydi
08 sen 2021 10:54
Yangiliklar
O'zbekistonlik Osiyo chempioni Hindistonda o'ynaydi
2012 yil Eronda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempioniga aylangan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Akobir To'raev faoliyatini Hindistonda davom ettiradi.
25 yoshli To'raev Hindiston I ligasi ishtirokchisi “TRAU” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bunga qadar Akobir Tojikiston chempionatida “Esxata” klubida to'p surdi. Ushbu jamoa safida Tojikiston chempionatida 9ta gol urgan holda to'purarlar qatoridan joy olgan edi.
Malumot uchun, Akobir To'raev faoliyati davomida “Buxoro”, “Paxtakor”, “Mashal”, “Raxmatgonj” (Bangladesh), “Esxata” (Tojikiston) klublarida to'p tepgan.
Fikrlar