So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

O'zbekistonlik kiberfutbolchilar WSVG CIS FINAL 2015da sensaciya qayd etdi Yangiliklar

O'zbekistonlik kiberfutbolchilar WSVG CIS FINAL 2015da sensaciya qayd etdi

26-27 sentyabr kuni Moskvada o'tgan WSVG CIS FINAL 2015 xalqaro turnir finalida FIFA 15 o'yini bo'yicha o'zbekistonlik kiberfutbolchilar sensacion natija qayd etishdi.

Bu haqda infocom.uz sayti xabar bermoqda. Musobaqada Rossiya, Ukraina, Belarusiya, Ozarbayjon va O'zbekistonning eng kuchli esportchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar 32 nafar: 22 nafar Rossiya va 10 nafar MDH vakillari Maldivda o'tadigan World Series of Video Games Maldives 2015 professional turnirida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bahs olib bordi. Final sensaciyasi shundaki, turnirda O'zbekistonning 5 nafar esportchisi qatnashdi va guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazdi, Muhamadamin Turg'unboev esa musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi.

Musobaqaning guruh bosqichida har bir ishtirokchi 7tadan o'yin o'tkazishi  va 8 nafardan tashkil topgan guruhdagi eng yaxshi 4 ishtirokchi keyingi bosqichiga yo'l olishi lozim edi.









Barcha esportchilarimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi va ular xalqaro turnirning top-16 ga kira olishdi. Keyingi bosqichlarda Muhamadamin Turg'unboev barcha raqiblarini mag'lub etdi, ammo finalda u Robert Faxretdinovga mag'lub bo'ldi va World Series of Video Games Maldives 2015 yo'llanmasini qo'ldan chiqardi.

Qayd etish joizki ushbu esportchilarimiz o'z yonlaridan pul sarflab ushbu turnirda ishtirok etishdi.

FIFA turnirlarini doimo o'tkazishda katta yordam bergan "Alyans Arena" va Abdusapi Qayumov minnatdorchilik bildiramiz - deyiladi infocom.uz saytida.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика