So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarni boshqarishadi Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarni boshqarishadi

Teglar :  O'FAOFK
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarib kelishmoqda.

Jumladan, 8 may kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan “Tyanjin Kuanshin” (Xitoy) – “Guanjou evergrand” (Xitoy) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Kovalenkoga qanotlarda Husniddin SHodmonov va Timur Gaynullin yordam berishadi.

9 may kuni esa Aziz Asimov boshchiligidagi Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonovlardan tashkil topgan hakamlar brigadasi Filippinda OFK kubogidan o'rin olgan “CHeres Negros” (Filippin) – “Yangon Yunayted” (Myanma) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan bahsni boshqarishadi.

9 may kuni OCHL doirasida bo'lib o'tadigan “Kashima Antlers” (Yaponiya) – “SHanxay SIPG” (Xitoy) o'rtasidagi o'yinni Ilgiz Tantashev boshqaradi. Bu o'yinda qanot hakami sifatida yana bir vatandoshimiz Andrey Capenko ishlaydi.

15 may kuni OFK kubogi doirasidagi “Al-Ahad” (Livan) – “Eyr fors klub” (Eron) bahsi Valentin Kovalenko, Husniddin SHodmonov hamda Timur Gaynullinlardan tashkil topgan hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan.

SHuningdek, may oyining 5-9 kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyolik hakamlar uchun OFK tomonidan seminar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu seminarda Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar ishtirok etadilar.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика