O'zbekistonlik hakamlar xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarish uchun taklif oldi
06 okt 2014 10:19
Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarish uchun taklif oldi
O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko 10 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya va Paragvay terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib borish uchun taklif oldi.
Mazkur uchrashuvda Kovalenkoga qanotlarda o'zbekistonlik FIFA laynsmenlari Jahongir Saidov va Mamur Saidqosimovlar yordam berishadi. Janubiy Koreya - Paragvay uchrashuvi 10 oktyabr kuni Seul shahrida bo'lib o'tadi.
FIFA referisi Vladislav Ceytlin boshchiligidagi o'zbekistonlik yana bir hakamlar brigadasi esa huddi shu kuni bo'lib o'tadigan BAA hamda Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yinini boshqarib borishadi. Ushbu uchrashuv 10 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Qayd etish joiz, 14 oktyabr kuni Abu-Dabida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Malumot uchun, Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi 6-23 oktyabr kuni Myanmada bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati bahslarida hakamlik qiladi.

Fikrlar