So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  2 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  157 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda ishlashadi

O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, kecha bo'lib o'tgan Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan “Al-Garafa” (Qatar) – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishdi. Kovalenkoga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam berishdi.

SHuningdek, bugun bo'lib o'tadigan OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan “Al-Hilol” (S.Arabistoni) – “Al-Rayyan” (Qatar) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirilgan. Mazkur o'yinda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlashadi.

Bundan tashqari, shu yilning 10-17 mart kunlari Dubay shahrida FIFA tomonidan JCHda ishtirok etuvchi hakamlar uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot seminari bo'lib o'tadi. Mazkur seminarga dunyoning eng yaxshi hakamlari qatorida etirof etiladigan hamyurtimiz Ravshan Ermatov taklif etilgan.

O'zbekistonlik hakamlar yana quyidagi xalqaro o'yinlarda ishtirok etishadi:

13 mart. OCHL


“Ulsan Xyunday” (J.Koreya) – “SHanxay SIPG” (Xitoy)
Bosh hakam: 
Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.

13 mart. OFK Kubogi
“Al-Ansor” (Livan ) – “Al-Vahda” (Suriya)
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev

14 mart. OCHL
“Tianjin Kuanjian” (Xitoy) – “CHonbuk Xyunday Motors” (J.Koreya)
Bosh hakam:
Aziz Asimov
Laynsmenlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: SHerzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Livan – Malayziya.
Bosh hakam:
Valentin Kovalenko
Laynsmenlar: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: SHerzod Qosimov

27 mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi
Yaman – Nepal
Bosh hakam: Aziz Asimov
Laynsmenlar:
Andrey Capenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OCHL
“Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jeyju Yunayted” (J.Koreya)
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev
Laynsmenlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin.

3 aprel. OCHL
“SHanxay SHenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya)
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Laynsmenlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov

10 aprel OFK Kubogi
“Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn)
Bosh hakam: SHerzod Qosimov
Laynsmenlar:
RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

SHuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo'yicha Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o'zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика