O'zbekistonlik hakamlar OCHLning muhim uchrashuvida ishlashadi
17 apr 2021 15:49
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar OCHLning muhim uchrashuvida ishlashadi
Xabaringiz bor, Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun o'zbekistonlik nazoratchi va hakamlarni taklif etilgandi.
«E» guruhi 2-turi doirasida kechadigan «Al-Rayyan» - «Persepolis» bahsi o'zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Ilgiz Tantashev ushbu o'yinda bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Andrey Capenko va Timur Gaynulin yordam beradi.
O'yin bugun, Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar