O'zbekistonlik hakam Angliyada bo'lib o'tadigan o'quv kurslariga taklif etildi
28 noy 2013 14:23
Yangiliklar

O'zbekistonlik hakam Angliyada bo'lib o'tadigan o'quv kurslariga taklif etildi
O'zbekistonlik hakam Naim Qosimov OFKning Kelajak loyihasi bo'yicha kelasi yili Angliyada bo'lib o'tadigan o'quv kurslariga taklif etildi.
Yosh hakamlar uchun tashkil etilgan OFKning Kelajak loyihasi bo'yicha so'nggi ikki yil davomidagi kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'zbekistonlik hakam Naim Qosimov 2014 yilning 23-28 fevral kunlari Angliyada bo'lib o'tadigan malaka oshirish kurslariga taklif etildi.
Angliyadagi o'quv-mashg'ulot kurslari Kelajak loyihasi hakamlari uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'taydi. Mazkur kurslarda yosh hakamlar Angliya Premer-Ligasida faoliyat olib borayotgan hakamlar bilan uchrashish va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo'ladilar.
Malumot o'rnida, 25 yoshni qarshi olgan Naim Qosimov respublika toifasidagi hakam sifatida yakuniga etgan mavsumda O'zbekiston Birinchiligi bahslarida bir qator uchrashuvlarni boshqargan.

Fikrlar