O'zbekistonda "Yuventus" klubining rasmiy fan-klubi ochildi
08 sen 2018 13:36
Yangiliklar
O'zbekistonda "Yuventus" klubining rasmiy fan-klubi ochildi
Yurtimizda futbolga bo'lgan qiziqish jadallik bilan o'sib bormoqda.
O'zbekistonga shu kunga qadar jahonga mashhur bir qator futbol klublarining rasmiy fan-klublari ochilgan. Kuni kecha ular qatoriga yana bir klub qo'shildi. Turinning "Yuventus" klubi O'zbekistonda o'zining rasmiy fan-klubi ochilganini elon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ham qayd etib qo'yildi. O'zbekistondagi fan-klub raisi sifatida Akmal Rahmatov qayd etilgan.
Yaqin vaqt ichida ushbu fan-klubga qanday azo bo'lish mumkinligi haqidagi malumotlarni taqdim etamiz.
Fikrlar