So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"O'zbekistonda futbol hakamlari eng zaif va barcha narsaga aybdor tabaqaga aylanib qoldi" - A. Nikimbaev Yangiliklar

"O'zbekistonda futbol hakamlari eng zaif va barcha narsaga aybdor tabaqaga aylanib qoldi" - A. Nikimbaev

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ko'plab munozaralarga sabab bo'lgan "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Namangandagi o'yinning oxirida sodir bo'lgan voqealar qizg'in bahslarga sabab bo'ldi. Bir necha kishi penalti bilan bog'liq vaziyatga munosabat bildirishimni so'rab, menga ham yozdi. Barcha hakamlar va sobiq futbolchilar penalti borligini aytayotgan bo'lsa, yana qanday baho berish mumkin? Himoyachi hujum qilayotgan o'yinchining oyog'iga tegdi va bu Sardor Rashidovning maysaga qulashi uchun etarli edi. "So'nggi daqiqalarda yoki o'sha atmosferada bunaqa vaziyatga penalti tayinlanmaydi" kabi gap-so'zlarni inbatga olmaslik kerak.

Ammo men sizning diqqatingizni fotosuratga qaratmoqchiman. Bu erda uchrashuvni tashkillashtirish masalasini muhokama qilmaymiz (esingizda bo'lsa, o'z xatolaridan ham xulosa chiqarolmaydigan jamoa ketguniga qadar PFLning ishlarini muhokama qilmaslikka vada bergandim), ammo hakamning murakkab taqdiri haqida gapirish kerak. Ushbu suratda referining penalti belgilash uchun VAR tizimi monitoridan foydalanayotgani aks etgan. Uning atrofida esa do'stona kayfiyatda bo'lmagan kishilar to'plangan. Uning o'rnida o'zingizni tasavvur qilib ko'ring. Siz muhim qaror qabul qilishingiz kerak, lekin sizga ruhiy bosim o'tkazilyapti. SHuningdek, bu olomon ichida kimdir hakamni urmasligi ham kafolatlanmagan.

VARni tomosha qilish jarayoni 1-marta ommaviy tadbirga aylanmayapti. Ayni paytda O'zbekistonda futbol hakamlari eng zaif va barcha narsaga aybdor tabaqaga aylanib qoldi. Men ularning birortasiga shaxsiy advokat bo'lmayman, lekin barcha hakamlardan nolishlaridan nafratlanaman. Har kim o'z harakatlari uchun o'zi javob berishi, jamoaviy javobgarlik principi qo'llanmasligi kerak. 

Hozir hakamlar aql bovar qilmaydigan bosim ostida ishlamoqda. Ularning har bir xayoliy yoki haqiqiy xatolari janjal uchun sabab bo'ladi. O'z muvaffaqiyatsiliklari uchun hakamlarni ayblash odatiy holga aylandi.

Bundan keyin ular yaxshiroq bo'lishadimi? Katta shubham bor. Oddiy holatda ajiotaj paydo qilaverish mumkin? Balki aql va adekvatlikni yoqish kerakdir?", deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика